Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iqt146
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Erkin Irokovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global iqlim o‘zgarishi sharoitida sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish amaliyotida iqlim o‘zgarishi ta’sirini hisobga olgan holda sabzavotchilik tarmog‘ining samaradorligini  baholashda “iqlim o‘zgarishiga barqarorlik indeksi va darajasi” mezonlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;    
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda sabzavotchilik mahsulotlarini etishtirish va sotish jarayonlarini hamda narxlarni markazlashgan tartibda tashkil qilish, muvofiqlashtirish hamda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida raqamli distribusiya tizimini tashkil etish zaruriyati asoslangan;
sabzavotchilikda seleksiya va urug‘chilik tizimini tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy-me’yoriy jihatlardan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining yangi serhosil navlarini yaratgan  mualliflarni rag‘batlantirish Jamg‘armasi”ni tashkil etish va uning faoliyat yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;     
sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi iqlim o‘zgarishlari va omillarni hisobga olgan holda respublika va Andijon viloyatida sabzavot ekinlari hosildorligining 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;  
Andijon viloyatining tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlariga mos ravishda qishloq xo‘jaligini tarkibiy isloh qilish va barqaror rivojlantirish uchun  sabzavotchilikda iqlim o‘zgarishlari ta’sirlarini yumshatish va kamaytirishga qaratilgan adaptatsiya chora-tadbirlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
iqlim o‘zgarishining sabzavotchilik tarmog‘i samaradorligiga ta’sirini baholash va yumshatish adaptasiya choralari bo‘yicha taklif etilgan uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 1 iyul 05/07-04-297-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavotchilik sohasida iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini yumshatish  bo‘yicha tavsiya etilgan adaptasiya chora-tadbirlarini baholash va amaliyotga joriy etish asosida sabzavot ekinlari hosildorligi va mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini barqaror oshirish imkoniyatlari yaratiladi;    
sabzavotchilik mahsulotlari ishlab chiqarish zanjirida bozor narxlari shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda sotish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 1 iyul 05/07-04-297-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavotchilik mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish uchun ichki bozordagi narxning keskin pasayib ketishining oldini olish va riskini pasaytirish hamda ijtimoiy dasturlar doirasida sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik sub’ektlarini kafolatli daromad bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi;       
sabzavotchilikda seleksiya va urug‘chilik sohasining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini qo‘llash orqali sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 1 iyul 05/07-04-297-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavot ekinlarining yangi serhosil navlarini yaratish va amaliyotga joriy etish jarayonlari tezlashadi, mahsulot hajmi va sifatini oshirish hamda turli iqlim o‘zgarishlari va kasallikliklarga bardoshli ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, mahalliy sabzavot urug‘chilik tizimini ilmiy asosda tashkil qilish va rivojlantirish hisobiga sabzavot urug‘chiligi sohasida importga bo‘lgan qaramlilik darajasini pasaytiradi;  
iqlim o‘zgarishi va sabzavotchilikka ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda  respublika va Andijon viloyatida sabzavot ekinlari hosildorligi bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 1 iyul 05/07-04-297-son ma’lumotnomasi). Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublika bo‘yicha  sabzavotchilik ekinlari hosildorligi 2030 yilgacha o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2030 yilda 291,2 s/ga, Andijon viloyatida esa 334,1 s/ga ni tashkil etishi prognoz qilindi;       
Andijon viloyatining tabiiy-iqlim sharoiti hamda iqtisodiy resurslari salohiyatidan kelib chiqqan holda iqlim o‘zgarishining sabzavot mahsulotlari etishtirishga ta’sirini yumshatish va pasaytirish bo‘yicha tavsiya etilgan adaptasiya chora-tadbiriga oid takliflar Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2024 yil 12 avgust 11/37-798-son ma’lumotnomasi). Ushbu orqali hududda sabzavotchilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish choralarini ko‘rish va samaradorligini oshirish, xo‘jaliklarning yuqori daromad olish imkoniyatini yaratiladi.
   

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish