Ilhomjonov Baxromjon Maxkamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 -“Konstitusiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu627.
Ilmiy rahbar: Axmedov Davran Kuvanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01
Rasmiy opponentlar: Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor; Nazarov Shavkat Nazarovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yosh oila” tushunchasini qonunchilik amaliyotida qo‘llashda vujudga kelgan ko‘plab bo‘shliq va qarama-qarshiliklarning oldini olish maqsadida er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol)ni ham yosh oila sifatida belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
yoshlarda tabiiy yetakchilik qobiliyatlari va fuqarolik pozisiyalarini shakllantirish, fidoyi, vatanparvar yoshlarni rag‘batlantirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali bilimli va mehnatsevar kadrlar sifatini oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi tizimida faoliyat yuritayotgan sardor, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchisi, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish amaliyotini joriy qilish lozimligi asoslab berilgan;
xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari huzurida yoshlar masalalariga oid bo‘linmalarni tashkil qilish va belgilangan tartibda faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurati asoslantirilgan;
yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yoshlar daftari”dan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan avval qonunchilik hujjatlarida o‘z aksini topmagan, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘larni haqiqiy ehtiyojmand yoshlar toifasiga (ishsiz yoshlarga) etib borishiga erishish va yoshlar bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “ishsiz yoshlar” va “nodavlat kasb-hunarga o‘qitish tashkilotlari” kabi tushunchalar xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib talqin qilinishi lozimligi huquqiy jihatdan asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
“yosh oila” tushunchasi va mohiyatiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonunining 3-moddasida o‘z ifodasini topgan bo‘lib (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2022 yil 25 apreldagi 02/6-09-7-son dalolatnomasi), ushbu taklifning joriy etilishi yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularga uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish masalalarini kafolatlashga xizmat qilgan;
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish tavsiyanomalar taqdim etish” masalalariga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi 914-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida Nizomning 2-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 maydagi 14/18-1-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bilan mazkur tanlovlarda faqat Yoshlar ittifoqi tizimidagi sardor, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchisi, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar” ishtirok etishi mumkinligi bo‘yicha norma belgilanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 avgustdagi 649-sonli “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 maydagi 14/18-1-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Assotsiatsiyaning murojaatiga asosan O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari huzurida yoshlar masalalariga oid bo‘linmalarni tashkil qilish va belgilangan tartibda faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bino va boshqa zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
“Ishsiz yoshlar” va “nodavlat kasb-hunarga o‘qitish tashkilotlari” kabi tushunchalarga berilgan huquqiy ta’riflar O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi faoliyatiga oid takliflar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida Nizomning 2-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 10 iyundagi 4-13-21-1616-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi huquqni qo‘llovchilar tomonidan foydalanilayotgan “ishsiz yoshlar” va “nodavlat kasb-hunarga o‘qitish tashkilotlari” kabi tushunchalarga yagona ta’rif berilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish