Nurmamatova Sarvinoz Qurbon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “11-12-yoshli figurali uchuvchilarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6764.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Musaev Bahrom Baxtiyorovich pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tusunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Karimov Xojiakbar Axtamkulovichlar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashg‘ulot bosqichida 11-12 yoshli figurali uchuvchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish orqali musobaqa dasturi elementlarini yuqori darajada bajarilishiga erishish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
11-12 yoshli figurali uchuvchilarning koordinatsion qobiliyatini oshirish uchun muvozanat saqlashdagi aylanish tezligini mazkur harakatni bajarish uchun ajratilgan vaqt va urinishlar sonini oshirish orqali rivojlantirishga qaratilgan metodikani ishlab chiqish natijasida Libela, valchok, zaklon, bilman kompleks aylanishlar kabi murakkab texnik elementlarni bajarish imkoniyati kengaytirilgan;
11-12 yoshli figurali uchuvchilarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish uchun sakrab aylanish elementlarini bajarishdagi uchishdagi depsinish va qo‘nishdagi oyoqning tushish burchagidagi xatoliklarni belgilangan qo‘nish fazasining gradusidan og‘ishini aniqlash hisobiga mashg‘ulot va musobaqaga tayyorgarlik jarayonining variativ rejalashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
11-12 yoshli figurali uchuvchilarning mashg‘ulotidagi yuklamalarni tartiblash maqsadida ishlab chiqilgan yillik koordinatsion qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan soatlar taqsimoti yordamida musobaqa jarayonidagi texnik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
11-12 yoshli figurali uchuvchilarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish maqsadida xoreografik, maxsus texnik, muzda va jismoniy tayyorgarlik vositalarini tayanch harakat apparatiga kuchli ta’sir etuvchi vositalarni o‘zida mujassamlashtirgan mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga sensetiv davrdagi shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulot va musobaqaga tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan maxsus koordinatsion mashqlar majmui va unda foydalanilgan “trenajyor” anjomlari yordamida olingan natijalar asosida:
11-12 yoshli figurali uchuvchi sportchilarning muvozanatini aniqlash maqsadida “Colour circle” nomli nazorat mashqlarini amaliyotda qo‘llash hamda “Mishin trenajyori nusxasidan” foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “O‘quv mashg‘ulot bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 9-yanvardagi 9-I/Ch-sonli buyrug‘iga asosan O‘Q-0000123 raqamli guvohnamasi.) Natijada, 11-12 yoshli figurali uchuvchi sportchilarni aylanani ijro qilish bo‘yicha murakkab texnika elementlarini ijro qilishi 26,57% ga yaxshilangan;
11-12 yoshli figurali uchuvchi sportchilarni sakrab aylanish elementlarini bajarishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarni aniqlash uchun “ForcePlaceSmart”Platform labaratoriya apparatidan foydalanib, imitatsion harakatlar ko‘p va koordinatsion rivojlantirishga qaratilgan mashqlar kam qo‘llanilganini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabini figurali uchish bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilarining mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga tatbiq tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-apreldagi 03-16/4039-son Ma’lumotnomasi). Natijada, musobaqa dastur elementlarini variativ rejalashtirish imkoniyati kengaytirilgan va sakrab 180˚ga aylanish mashqini ijro qilish – 19,11%ga, sakrab 360˚ga aylanish – 21,29%ga, sakrab 540˚ga aylanish mashqini ijro qilish – 21,68%ga yaxshilangan;
o‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi 11-12 yoshli figurali uchuvchi sportchilarni raqobatlashish imkoniyatlarini oshirish uchun yillik yuklama me’yorlarini soatlarda ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish”  nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 9-yanvrdagi 9-I/Ch-sonli buyrug‘iga asosan O‘Q-0000123 raqamli guvohnomasi.) Natijada, musobaqalarda figurali uchuvchi sportchilarni bellashish imkoniyati kengaytirilgan va musobaqa jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar 5,10%ga kamaygan;
11-12 yoshli figurali uchuvchi sportchilarni koordinatsion qobiliyatini rivojlantirishga yuqori samarada ta’sir ko‘rsatuvchi vositalarni saralash hamda yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan maxsus mashqlar majmuasini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabini figurali uchish bilan  shug‘ullanuvchi o‘quvchilarining mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-apreldagi 03-16/4039-son Ma’lumotnomasi). Natijada, 11-12 yoshli figurali uchuvchi sportchilarning mashg‘ulotlari metodikasi takomillashtirilgan va murakkab elementlarni bajarishi turg‘unligi 13,6% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish