Mirjalolzoda Bobirmirzoning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tola ajratgich arrali silindirining bikrligini oshirish yo‘llarini tadqiq qilish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3673
Ilmiy rahbar: Abduvaxidov Mutaxxirxon Mubashirovich, texnika fanlari falsafa doktori,    dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rosulov Ruzimurod Xasanovich, t.f.d. dots; Azizov Shuxrat Mamatovich, t.f.d., dots.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tola ajratish mashinasining arrali silindri bikrligini oshirish yo‘li bilan uning samaradorligini oshirishdan va ishlab chiqarilayotgan tola va chigitga ijobiy ta’sirini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin mashinasida funksional vazifasiga ko‘ra asosiy ishchi organni tashkil qiluvchi taxlamli silindr ishchi valining og‘irligini kamaytirish usuli orqali bikrligi oshirilgan jin arrali silindrining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
arra disklari va arralararo qistirmalardan tarkibli silindr tashkil qiluvchi arrali jin mashinasi asosiy ishchi valining bikrligiga val ko‘ndalang kesimining geometrik shakli optimal varianti va bikrlik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi parametrlarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
arrali jinda tola ajratishda qo‘llaniladigan muayyan shakl va o‘lchamga ega bo‘lgan tishlardan iborat bo‘lgan arra disklarining zo‘riqishlar ta’sirida tores yuzalari bo‘ylab yon sirtiga urushini tayanish yuzasining oshirilishi hisobiga kamaytirilgan konstruksiyasi taklif qilingan;
taklif qilinayotgan massasi engillashtirilgan, ko‘ndalang kesimi o‘zgartirilgan val va hamda valga o‘rnatish teshigi shakli o‘zgartirilgan arra disklaridan tashkil topgan jin arrali silindrining ishlab chiqarilayotgan tola va chigit sifatiga ijobiy ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engillashtirib, bikrligi oshirilgan arra silindr valining resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Bikrligi oshirilgan arrali jin 6 qirrali vali «Uchqo‘rg‘on Textile» klasteriga qarashli Uychi paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» AJning 2023 yil 11 fevraldagi 03/22-843-son ma’lumotnomasi). Natijada, jin mashinasi ishchi arrali silindri 6 qirrali valining egilishi va tebranishi kamayishi hisobiga arrali silindr yuritmasi iste’mol quvvati o‘rtacha 5% ga, jinlangan tolalarning nuqson va iflos aralashmalar yig‘indisi 0,5% ga, chigitning mexanik shikastlanishi 0,4% ga kamaytirishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish