Usmonova Dilfuza Ilxomovnaning

 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt103.

Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.

Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatish” tushunchasida savdo xizmatlari va iste’mol talabining qishloqda o‘ziga xosligini aks ettirishda hamda “aholiga savdo xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi”da esa tijorat faoliyatining iqtisodiy-ijtimoiy natijaviyligini ifodalaydigan ta’riflari takomillashtirilgan;          

hududiy, iste’mol va tadbirkorlik yondashuvlarini o‘z ichiga olgan qishloq axolisining xulqiy jarayoni hamda qishloqda iste’molchiga yo‘naltirilgan chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirishning yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;

qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy tashkiliy shakllarini rivojlantirishning 2019-2021 yillardagi istiqboli bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, qishloqda savdo xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan va iste’molchi manfaatlarini hisobga oluvchi  elektron tijoratga asoslangan savdo tuzilmasi taklif qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

savdo xizmatlari va iste’mol talabining qishloqda o‘ziga xosligini aks ettirishda va tijorat faoliyatining iqtisodiy-ijtimoiy natijaviyligini ifodalaydigan “qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatish”, “aholiga savdo xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi”ning takomillashtirilgan ta’riflari 5610300-Turizm (xalqaro va ichki turizm) ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan  (2017 yil 24 avgustdagi 603-026-son guvohnoma). Mazkur takliflarning ko‘llanilishi iqtisodiyot fanlarining o‘qitilishida amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi;

qishloq aholisining hududiy, iste’mol va tadbirkorlik yondashuvlarini o‘z ichiga olgan iste’molchilar xulqiy jarayoni hamda qishloqda chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (2018 yil 14 may ShD-01/810-son ma’lumotnoma). Ilmiy-metodik tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi respublikaning qishloq tumanlarida chakana  savdo tizimini takomillashtirish imkoniyatini bergan;

qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatishni zamonaviy tashkiliy shakllarini rivojlantirishning 2019-2021 yillardagi istiqboli bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (2018 yil 14 may ShD-01/810-son ma’lumotnoma). Takliflarning joriy etilishi qishloq aholisiga savdo xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha istiqbolli rejalarni shakllantirishga imkon bergan;

ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, qishloqda savdo xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan va iste’molchi manfaatlarini hisobga oluvchi  elektron tijoratga asoslangan savdo tuzilmasini yaratish bo‘yicha takliflar Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (2018 yil 14 may ShD-01/810-son ma’lumotnoma). Takliflarning tatbiq etilishi respublikada chakana savdoning tashkiliy shakllarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish