Raxmonqulova Gulira’no Murod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Sanoat korxonalarining investision salohiyatini oshirish(«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati misolida) 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2409
Ilmiy maslahatchi: Xusainov Ravshan Raximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:. Irisbekova Mavluda Narinbaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;       Nigmatullaeva Gulchexra Nurillaevna Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori., dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo -texnologiya inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari iqtisodiyotiga investisiyalarni jalb qilish va investision salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi va metodoligiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekko‘mir” AJ investision salohiyatini oshirishda qazib olish, qayta ishlash va yaqindan xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar investision strateg-iyalarini sinxron tarzda shakllantirish va amalga oshirish, yashil innovatsiya-larni joriy etish hamda ishlab chiqarish sub’ektlarining investision loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish algoritmini qarorlar va resurslar muvofiqligini sinxron ta’minlashga ko‘ra tashkil qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sanoat korxonalari investision salohiyatini oshirishda loyihalarni tartibga soluvchi maqbul investisiyalarni tanlash algoritmi jarayonda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning gorizontal va vertikal jihatdan uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
investision salohiyatni takomillashtirishga ko‘ra Angren ko‘mir koni korxonasini 2024–2030-yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
“O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir mahsulotini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan mablag‘larni o‘zlashtirish va mahalliylashtirish asosida 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalari investision salohiyati takomillashtirish  bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ko‘mir sanoatini jadal rivojlantirishda geologik shart-sharoitlar, yoʻldosh foydali qazilmalar zaxirasi va ulardan foydalanish imkoniyatlaridan  yanada oqilona foydalanish borasida investision salohiyatni oshirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilishi taklifi “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil  12-dekabrning 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi).Taklif “O‘zbekko‘mir” AJ xarajatlarini muqobillashtirish hisobiga QQSsiz daromad ko‘rsatkichi 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 2,7 %ga oshirish uchun muayyan darajada xizmat qilgan;
Sanoat korxonalarida investision salohiyatni oshirish maqsadida investision loyihalarini boshqarishning diagnostikalash modeli takomillashtirish taklifi Angren ko‘mir koni korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil  12-dekabrdagi 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi). Taklif korxonaning iqtisodiy samaradorligini 2023-yilga nisbatan 2024-yilda 2.8 %ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Sanoat korxonalarining investision salohiyatini oshirish maqsadida loyihalarni tartibga soluvchi maqbul investisiya loyihalarini tanlashning 15  bosqichli algoritmi tadbiq etish  bo‘yicha taklif Angren ko‘mir koni korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil -dekabrdagi 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi). Taklif maqsadli chora-tadbirlarni istiqbol maqsadlariga ko‘ra shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda korxona ishlab chiqarish samaradorligini (rentabellik asosida) 1,3 %ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Investision salohiyatni takomillashtirish  e’tiborga olgan holda Angren ko‘mir koni korxonasini rivojlantirishning 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif mazkur korxona faoliyatini istiqbolda rivojlantirishni asoslashda foydalanilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil 12-dekabrdagi 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi). Taklif Angren ko‘mir koni korxonasining ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish va innovatsion chora-tadbirlarga ko‘ra istiqbolda ishlab chiqarishdagi foyda hajmini 3,2 %ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish