Ismailov Ilxom Tursunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Urbanizatsiya jarayonlarini bashoratlashda sun’iy intellektga asoslangan model va algoritmlar, 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/T4193.
Ilmiy rahbar: Muxamedieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Nasim Tulegenovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Ozod Rabbimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida shaharlarning urbanizatsiya jarayonlarini statistik ma’lumotlar va Er sirti qoplami tasvirlari yordamida bashoratlash modelini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belgilar fazosini qisqartirish  va mashinaviy o‘qitish modellar asosida urbanizatsiya darajasini bashoratlash   modelini ishlab chiqilgan;
sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar asosida Er sirti qoplami tasvirlarga o‘tkazish algoritmi ishlab chiqilgan;
bosh komponentalar tahlili asosida Er sirti qoplami tasvirlarni o‘lchamini kamaytirish algoritmi ishlab chiqilgan;
shahar kengayishini bashoratlash uchun chuqur neyron tarmoqlari asosida arxitektura ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Urbanizatsiya jarayonlarni bashoratlashda sun’iy intellektga asoslangan model va algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmuasi yordamida olingan ilmiy yangiliklar asosida:
shaharlarning hududiy kengayishini bashoratlash modeli Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2024-yil 2-maydagi № 02-02/240-son ma’lumotnomasi). Bu yondashuvdan foydalanish shahar me’moriy loyihalarini rejalashtirish samaradorligini oshirish imkonini berdi.
urbanizatsiya darajasini bashoratlash algoritmi Samarqand viloyati statistika boshqarmasida qo‘llandi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2024-yil 2-maydagi № 02-02/240-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi punktlarining istiqbolli rivojlanish tendensiyalarini oldindan ko‘ra olish va shunga mos ravishda infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.
sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish asosida shahar chegaralarini aniq ajratish algoritmi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filialida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2024-yil 2-maydagi № 02-02/240-son ma’lumotnomasi). Bu er kadastri ma’lumotlarini yangilash va hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini berdi.
Yaratilgan echimlarni amaliyotga joriy qilish natijasida viloyatda shahar va aholi punktlarining istiqboldagi rivojlanishini bashoratlash aniqligini oshirish, tejamkor va innovatsion infratuzilmalarni qurish uchun sharoit yaratildi. Bu esa mamlakatimizda urbanizatsiya sohasidagi muammolarni hal qilish samaradorligini oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish