Ozatbekov Yusupxon Farxod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Javlon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat itransport universiteti huzuridagi DSc 15/31.12.2020.I.09.04.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rixsiboev Nozimbek Abdurasul o‘g‘li iqtisodiyot fanlari falsafa doktori PhD, .
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental, nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatiga bo‘lgan talabni prognozlash tasnifi asosida noaniqlik hamda prognozlash masalalarini qamrab olish darajasi bo‘yicha unga ta’sir ko‘rsatuvchi talab va taklif omillari tasnifi birinchi va ikkinchi darajali omillar hamda tashqi samarani ajratish orqali takomillashtirilgan;
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyati reyting darajasini baholashda «potensial» (0,51 - 0,55), «rentabelli» (0,55 - 0,65), «raqobatbardosh» (0,66 - 0,75), «investision» (0,76 - 0,9) va «innovatsion» (0,91 - 1,0) mezon chegaralari bo‘yicha yondashish orqali yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish ta’sir darajalarini aniqlash asoslangan;
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatiga bo‘lgan talab va taklif hajmlari o‘rtasidagi muvozanat asosida tashuv faoliyatini samarali tashkil etish asosida temir yo‘l tarmog‘ida o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi (MUo‘y = 0,1 – 5,0 foiz) hamda tarmoq iqtisodiy rivojlanish darajasini (IRDt = 0,1 – 25,0 foiz) oshirish imkoniyati aniqlangan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning daromad, kapital samaradorligi, asosiy fondlar samaradorligi va mehnat unumdorligi o‘zgarishlarining 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatiga bo‘lgan talabni prognozlash tasnifi asosida noaniqlik hamda prognozlash masalalarini qamrab olish darajasi bo‘yicha unga ta’sir ko‘rsatuvchi talab va taklif omillari tasnifi birinchi va ikkinchi darajali omillar hamda tashqi samarani ajratish orqali takomillashtirish taklifidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan «Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 13 yanvardagi 07/97-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatining rivojlanish jarayonidagi salbiy tendensiyalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyati reyting darajasini baholashda «potensial» (0,51 - 0,55), «rentabelli» (0,55 - 0,65), «raqobatbardosh» (0,66 - 0,75), «investision» (0,76 - 0,9) va «innovatsion» (0,91 - 1,0) mezon chegaralari bo‘yicha yondashish orqali yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish ta’sir darajalarini aniqlash taklifidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan «Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 13 yanvardagi 07/97-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi sohaning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va uning samaradorligini baholash imkonini bergan;
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatiga bo‘lgan talab va taklif hajmlari o‘rtasidagi muvozanat asosida tashuv faoliyatini samarali tashkil etish asosida temir yo‘l tarmog‘ida o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi (MUo‘y = 0,1 – 5,0 foiz) hamda tarmoq iqtisodiy rivojlanish darajasini (IRDt = 0,1 – 25,0 foiz) oshirish imkoniyati aniqlash taklifidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan «Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 13 yanvardagi 07/97-25-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodologiyaning joriy etilishi natijasida temir yo‘l tarmog‘ida o‘rtacha yiliga mehnat unumdorligini 3,5 foizga va tizimning iqtisodiy rivojlanish darajasini 20 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning daromad, kapital samaradorligi, asosiy fondlar samaradorligi va mehnat unumdorligi o‘zgarishlarining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan «Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 13 yanvardagi 07/97-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatining uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.