Safaev Boburjon Baxodir-o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik tovon  sindromini davolashda elektroaktivlangan eritma yordamida abakterial muhitdan foydalanish», 14.00.27- Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4143.
Ilmiy rahbar: Uroqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori; Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoqlarda kritik ishemiya bilan diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarni endovaskulyar amaliyot va abakterial muhit qo‘llash yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik tovon sindromi bilan kasallanish natijasida oyoqlarda kritik ishemiyasi mavjud bemorlarni an’anaviy usulda detoksikatsion, umumiy antibakterial,  va mahalliy xirurgik aralashuvlar natijalari umumiy intoksikatsiya, poliorgan etishmochiligi va jarahatning bitish tezliga etarlicha ijobiy ta’sir etmasligi aniqlangan;
ilk bor oyoqlarda kritik ishemiya bilan diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarni og‘ir darajasini yiringli nekrotik jarohatlarini mahalliy davolash usulini takomillashtirishda abakterial muhitni ul`trabinafsha nurlarini hamda EFE-A (elektrofaol eritma – A) ni qo‘llash ijobiy ta’siri isbotlangan;
oyoqlarda kritik ishemiya bilan diabetik tovon sindromining og‘ir darajasi mavjud bemorlarni tovon boldir sohasi yiringli nekrotik jarohatlarini davolashda abakterial muhitni ul`trabinafsha nurlarini, EFE-A (elektrofaol eritma – A) bilan birgalikda bir vaqtda qo‘llash uchun maxsus uskuna (kamera) ishlab chiqilgan;
ilk bor oyoqlarda og‘ir darajali kritik ishemiya bilan diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarda tovon boldir sohasidagi yiringli nekrotik jarohatlarni davolashda  mahalliy abakterial muhitda ul`trabinafsha nurlar va elektrofaol eritmasini lavaj usulida olti soatdan kuniga ikki bor qo‘llash bilan davolashning yangicha optimal usuli takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/108 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: diabetik tovon sindromi bilan kasallanish natijasida oyoqlarda kritik ishemiyasi mavjud bemorlarni an’anaviy usulda detoksikatsion, umumiy antibakterial,  va mahalliy xirurgik aralashuvlar natijalari umumiy intoksikatsiya, poliorgan etishmochiligi va jarahatning bitish tezliga etarlicha ijobiy ta’sir etmasligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalar o‘zining nazariy ahamiyatiga ega bo‘lib, diabetik tovon sindromi bilan og‘rigan bemorlarda pastki muchchalarning kritik ishemiyasida yiringli nekrotik yaralarni davolash xususiyatlarini o‘rganishga katta hissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga (09.09.2024 yil, №1651-2-42-TV/2024 buyrug‘i) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (18.09.2024 yil, №3534-2-208-TV buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangi davolash ululini qo‘llash, asoratlarning sonini kamaytirish, davolash sifatinii yaxshilanish va bemorlarda o‘lim xavfini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: kasalxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini 6 kunga kamaytirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 630000 so‘mga, budjetdan tashqari mablag‘larni 120000 so‘mga kamaytirilgan. Xulosa: diabetik tovon sindromi va pastki muchchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda an’anaviy davolash usulidagi kamchiliklarni o‘rganish asoratlarni va o‘limni sezilarli darajada kamaytirishga, davolash natijalarini yaxshilashga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor oyoqlarda kritik ishemiya bilan diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarni og‘ir darajasini yiringli nekrotik jarohatlarini mahalliy davolash usulini takomillashtirishda abakterial muhitni ul`trabinafsha nurlarini hamda EFE-A (elektrofaol eritma – A) ni qo‘llash ijobiy ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: abakterial muhitning samaradorligini o‘rganish, EFE-A 'dan foydalangan holda, pastki muchchalarning amputatsiyasini kamaytirishga yordam berishi, shu bilan birga operativ davolashni rejalashtirishda davolash usulini optimallashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga (09.09.2024 yil, №1651-2-42-TV/2024 buyrug‘i) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (18.09.2024 yil, №3534-2-208-TV buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni davolashda abakterial muhitni qo‘llanilishi, asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytirishga, bemorlarni profilaktika va davolash sifatini yaxshilashga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorlik: bemorning kasalxonada davolanish davri o‘rtacha 6 kun qisqarilishi bilan 630000 so‘mga xarajatlar kamaygan, dori darmonlar xarajati esa 120000 so‘mga kamaygan. Xulosa: diabetik tovon sindromi va pastki muchalarning kritik ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda, jaroxatning birinchi bosqichida EFE -A ni abakterial muhitda qullanilishi  yaralarning davolanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
uchinchi ilmiy yangilik: oyoqlarda kritik ishemiya bilan diabetik tovon sindromining og‘ir darajasi mavjud bemorlarni tovon boldir sohasi yiringli nekrotik jarohatlarini davolashda abakterial muhitni ul`trabinafsha nurlarini, EFE-A (elektrofaol eritma – A) bilan birgalikda bir vaqtda qo‘llash uchun maxsus uskuna (kamera) ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: abakterial muhitni qo‘llash uchun maxsus uskuna (kamera) qo‘llash natijalari, yaralarni tozalash va granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lishi muddatlarini tezlashtirish, shish va giperemiyani bartaraf etish vaqtni qisqartirish samaradorligini ko‘rsatgan. Amaliyotga joriy etish: olingan ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga (09.09.2024 yil, №1651-2-42-TV/2024 buyrug‘i) va Kogan shahar tibbiyot birlashmasiga (18.09.2024 yil, №3534-2-208-TV buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: EFE bilan abakterial muhitni qo‘llash, tashxis va davolash sifatini yaxshilanishga, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: EFE-A bilan abakterial muhitni qo‘llash, davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam bergan, bir nafar bemor hisobiga 630000 so‘m byudjet mablag‘lari va 120000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini berdi. Xulosa: EFE-A bilan abakterial muhitni qo‘llash, oyoq panjalari amputatsiya darajasini 19,2% dan 6,2% ga, yuqori boldir sohasidan amputatsiyani 1,7% ga, son amputatsiyasini 25,0% dan 12,5% ga, reamputatsiyani 5,3% ga kamaytirishga yordam bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor oyoqlarda og‘ir darajali kritik ishemiya bilan diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarda tovon boldir sohasidagi yiringli nekrotik jarohatlarni davolashda  mahalliy abakterial muhitda ul`trabinafsha nurlar va elektrofaol eritmasini lavaj usulida olti soatdan kuniga ikki bor qo‘llash bilan davolashning yangicha optimal usuli takomillashtirilgan . Ilmiy yangilikning ahamiyati: EFE-A eritmasi bilan 6 soat davomida ikki marta lavaj o‘tkazilib suvda eruvchi malham bilan EFE-A ning aseptik bog‘lam ostida qo‘llanilishi diabetik tovon sindromi bilan og‘rigan bemorlarda pastki muchchalarning og‘ir darajadagi kritik ishemiyasini davolashda samarali usul ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga (09.09.2024 yil, №1651-2-42-TV/2024 son) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (18.09.2024 yil, №3534-2-208-TV buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash usuli asoratlar foizini sezilarli darajada kamaytirishga, davolash sifatini yaxshilanishiga va bemorlarning tiklanish muddatlarini qisqartirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: bemorning kasalxonada yotish vaqtini o‘rtacha 6 kun qisqarishi bilan, 1 nafar bemor hisobiga 630000 so‘m byudjet mablag‘lari va 510000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan yangi davolash usuli, abakterial muhitda EFE-A eritmasi bilan 6 soat davomida ikki marta jarxatni yuvish (lavaj) o‘tkazilib, suvda eruvchi malham bilan EFE-A ning aseptik bog‘lam ostida qo‘llanilishi, diabetik tovon sindromi bilan og‘rigan bemorlarda pastki muchchalarning kritik ishemiyasiga qarshi samarali davolash usuli ekanligi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish