O‘ktamova Sadoqatxon Murodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shohimardonsoy daryo havza landshaftlarining meliorativ holati va geoekologik masalalari», 11.00.01 –Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr250.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziboeva Ozodxon Mahmudovna, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shohimardonsoy daryo havza landshaftlarining geoekologik holati va ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, meliorativ holatini baholash hamda kartalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
landshaft va uning komponentlariga Shohimardonsoy daryo havzasidagi erlarning meliorativ holati, iqlim o‘zgarishi sharoiti va antropogen omil ta’siri baholangan;
daryo suvining miqdoriy ko‘rsatkichlari va er osti suvlari sathining muayyan davrdagi tafovutlarini qishloq xo‘jaligi erlariga ta’siri bo‘yicha olingan natijalari asosida tuproq sho‘rlanishi kuchayishi mumkin bo‘lgan joylar oldindan aniqlangan va unga mos ekin turlarini joylashtirish rejasi takomillashtirilgan;
matematik modellashtirish va statistik taqqoslash yordamida daryo havzasidagi geoekologik vaziyat va antropogen tazyiq natijasida suvning kimyoviy tarkibidagi tafovutlar aniqlangan;
Shohimardonsoy daryo havzasi landshaftlarini landshaft-meliorativ, landshaft-ekologik jihatdan yaxshilash maqsadida rayonlashtirish va 1:350 000 masshtabli landshaft-tipologik, landshaft-ekologik, landshaft-meliorativ rayonlashtirish kartalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shohimardonsoy daryo havza landshaftlarining meliorativ holati va geoekologik oqibatlarini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
landshaft va uning komponentlariga Shohimardonsoy daryo havzasidagi erlarning meliorativ holati, iqlim o‘zgarishi sharoiti va antropogen omillarning ta’siri bo‘yicha baholashlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 23 iyuldagi 03-03/3-7135-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishi sharoitida erlardan oqilona foydalanish, suvni tejash ishlariga mohiyatan yangicha yondashish imkonini bergan.
daryo suvining miqdoriy ko‘rsatkichlari va er osti suvlari sathining muayyan davrdagi tafovutlarini qishloq xo‘jaligi erlariga ta’sirining monitoringi va bashoratlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 23 iyuldagi 03-03/3-7135-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo havza landshaftlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
matematik modellashtirish va statistik taqqoslash yordamida daryo havzasidagi geoekologik vaziyat va antropogen tazyiq natijasida suvning kimyoviy birikmalaridagi aniqlangan tafovutlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 23 iyuldagi 03-03/3-7135-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo havzasidagi geoekologik vaziyatni muhofaza qilishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqish imkonini bergan;
Shohimardonsoy landshaftlarini landshaft-meliorativ, landshaft-ekologik jihatdan yaxshilash maqsadida rayonlashtirish va 1:350 000 masshtabli landshaft-tipologik, landshaft-ekologik, landshaft-meliorativ rayonlashtirish kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 23 iyuldagi 03-03/3-7135-son ma’lumotnomasi). Natijada, Shohimardonsoy daryo havza landshaftlarining meliorativ holatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish