Bolshanik Petr Vladimirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shahar landshaftlari relef transformatsiyasining geoekologik muammolarini baholash», 11.00.01 –Tabiiy geografiya» (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Gr61.
Ilmiy maslahatchi: Hamidov Obidjon Hafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzamaxmudovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Rafiqov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Alimkulov Nusratullo Rahmanqulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shahar landshaftlari relefining antropogen o‘zgarishi va u keltirib chiqaradigan geoekologik muammolarni baholash va barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashtirilgan xaritalarni birgalikda tahlil qilishda olingan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida G‘arbiy Sibir Irtish viloyati shaharlari hududi misolida birinchi marta shahar landshaftlari relefining antropogen o‘zgarishiga baholangan;
ilk bor Omsk hududida noqulay geomorfologik jarayonlarni rayonlashtirish amalga oshirilgan va 75 turga birlashtirilgan 368 ta tuman aniqlangan, shahar hududining muhim qismi noqulay geomorfologik jarayonlarning o‘rtacha yoki past darajada namoyon bo‘lishi bilan tavsiflangan va asosan o‘rtacha darajadagi 1-3 jarayonga ega, eng keng tarqalgani er osti suvlarining ko‘tarilish darajasi aniqlangan;
ilk bor Irtish mintaqasining shahar landshaftlari uchun, geoekologik muammolar rivojlanishining tabiiy va antropogen omillari aniqlangan (tabiiy sabablar majmuasi: suv o‘tkazmaydigan qatlam, relefning tekis xarakteri, er sirtining kuchsiz parchalanishlari va antropogen sabablar majmuasi: depressiya zonalarida qo‘shimcha infiltratsiyaga ega bo‘lgan hududlarning tarqalishi, umumiy yomg‘irli drenaj tarmog‘ining rivojlanmaganligi, to‘liq drenaj tizimining yo‘qligi, tabiiy suv oqimining yo‘q qilinishi, drenaj tizimlari, suv toshqini zonalarida faol qurilish va boshqalar);
noqulay geomorfologik jarayonlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni optimallashtirish, rivojlantirish uchun, istiqbolli shahar landshaftlarini aniqlash va noqulay geomorfologik jarayonlarning rivojlanishini bashorat qilish uchun asos yaratish imkonini beruvchi geoekologik hududlarni aniqlash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
geomorfologik jarayonlarning namoyon bo‘lishi baholangan va mintaqaviy atrof-muhitni boshqarishning geoekologik muammolarini hal qilish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Irtish havzasidagi shahar landshaftlarini geoekologik baholash va rayonlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
ixtisoslashtirilgan xaritalarni birgalikda tahlil qilishda olingan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida G‘arbiy Sibir Irtish viloyati shaharlari hududi misolida birinchi marta shahar landshaftlari relefining antropogen o‘zgarishi bo‘yicha ishlab chiqilgan tamoyillari Omsk viloyati madaniyat vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Omsk viloyati madaniyat vazirligining 2024 yil 28 oktyabrdagi 6780-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Starina Sibirskaya” nomli Omsk davlat tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonaning tabiiy-ilmiy eksposisiyasini yaratish imkonini bergan;
Omsk hududida aniqlangan 75 turga birlashtirilgan 368 ta tumanlarning tasniflari Omsk shahar administratsiya amaliyotiga joriy etilgan (Omsk shahar administratsiyaning 2024 yil 21 fevraldagi №ISX-24//SKGS-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, Omsk viloyatidagi Isilkul shahri landshaftlarini loyihalashni realizatsiya qilish imkonini bergan;
Irtish mintaqasining shahar landshaftlari uchun, geoekologik muammolar rivojlanishining tabiiy va antropogen omillaridan Omsk shahar administratsiya amaliyotida foydalanilgan (Omsk shahar administratsiyaning 2024 yil 21 fevraldagi ISX-24//SKGS-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, Omsk viloyatidagi shaharlar landshaftlarini loyihalashni takomillashtirish imkonini bergan;
noqulay geomorfologik jarayonlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni optimallashtirish, rivojlantirish uchun istiqbolli shahar landshaftlarini aniqlash va noqulay geomorfologik jarayonlarning rivojlanishini bashorat qilish uchun asos yaratish imkonini beruvchi geoekologik hududlarni aniqlash metodologiyasidan Omsk shahar administratsiya amaliyotida foydalanilgan (Omsk shahar administratsiyaning 2024 yil 21 fevraldagi ISX-24//SKGS-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, Omsk viloyatidagi istiqbolli shahar landshaftlarini aniqlash va noqulay geomorfologik jarayonlarni bartaraf etish imkonini bergan;
mintaqaviy atrof-muhitni boshqarishning geoekologik muammolarini hal qilish metodikasidan Omsk viloyati madaniyat vazirligi amaliyoti foydalanilgan (Omsk viloyati madaniyat vazirligining 2024 yil 28 oktyabrdagi 6779-son ma’lumotnomasi). Natijada, Omsk davlat tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyining tabiiy-ilmiy eksposisiyasini yaratish imkonini bergan.