Nurmurodov Lochin Tirkashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qizilqum tog‘ oldi hududidagi tabiiy va texnogen ob’ektlarning radiatsion ko‘rsatkichlari monitoringi», 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4810
Ilmiy rahbar: Muzafarov Amrullo Mustafaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va Navoiy davlat konchilik va texnologiylar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Sayidaxmad, texnika fanlari doktori, professor
Xudayberdiev Eliboy, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: M.Ulug‘bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qizilqum tog‘oldi hududidagi tabiiy va texnogen ob’ektlarining radiatsiyaviy holatini baholash hamda ushbu hududidagi aholi va ishchi xodimlar tomonidan olinadigan o‘rtacha yillik effektiv dozalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta ssintillyasion gamma – spektrometrda namunalar sirt zichliklarini hisobga oluvchi ASW dasturini qo‘llagan holda tuproq tarkibidagi radionuklidlarning solishtirma aktivliklarini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
Qizilqum tog‘ oldi hududlaridagi va texnogen obektlardagi havo atmosferasidagi uzoq yashovchi radionuklidlarning hajmiy aktivlik qiymatlarining bir-biridan keskin farq qilishi aniqlangan va bu qiymatlarning farq qilishiga sabab havo atmosferasidagi aerozollar konsentratsiyasi ekanligi topilgan;
tadqiqot hududi ichimlik suvining radiatsion ko‘rsatkichlar qiymatlarining kattaligi shu hudud tuproqlaridagi radioaktiv elementlar konsentratsiyasi kattaligiga proporsional bog‘liqligi eksperimental tajribalar yordamida aniqlangan;
tadqiqot hududidagi texnogen ob’ektlar xodimlari va aholi uchun, gamma-nurlanishning hamda havo va suvdagi radionuklidlar tufayli hosil bo‘lgan ichki nurlanishning kompleks ta’sirini hisobga olgan holda, birinchi marta o‘rtacha yillik effektiv dozalar hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qizilqum hududi tog‘ oldi va texnogen obektlaridagi radiatsion ko‘rsatkichlar monitoringining yadro-fizik usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintillyasion gamma-spektrometrda ASW dasturidan foydalangan holda tuproqdagi radionuklidlarning solishtirma aktivligini aniqlash uchun uslubi ishlab chiqilgan, havo atmosferasidagi uzoq yashovchi radionuklidlarning hajmiy aktivlik qiymatlari “NKMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining 2024 yilning 09 apreldagi №758-sonli dalolatnomasi). Natijada tuproqlar tarkibidagi radioaktiv elementlar va radionuklidlarni kompleks tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
O‘rganilayotgan hududlarda ichimlik suvining radiatsiyaviy ko‘rsatkichlarining eksperimental o‘rnatilgan qiymatlari hamda texnogen ob’ektlar xodimlari va hudud aholisi uchun hisoblangan o‘rtacha yillik effektiv dozalari qiymatlari “NKMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining 2024 yilning 09 apreldagi №758-sonli dalolatnomasi). Natijada tadqiqot hududi ichimlik suvlaridagi solishtirma hajmiy aktivlik qiymati ishchi-xodimlarning yillik effektiv doza miqdoriga bog‘liqligini baholash hamda shchi-xodimlarni rotatsiya qilish imkonini bergan.