Abdumalikov Ulug‘bek Ibroximjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Dala yuzasiga go‘ngni tasma ko‘rinishida taqsimlab, ustidan pushta hosil qiladigan kombinatsiyalashgan mashina o‘gʻitlagichi parametrini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2200.
Ilmiy rahbar: Xudayarov Berdirasul Mirzaeich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor va Toliboev Alpisbay Erjanboevich texnika fanlari doktori katta ilmiy xodim tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Yetakchi tashkilot sifatida, «Andijon mashinasozlik instituti» Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyik.
II. Tadqiqotning maqsadi: go‘ngni pushta ostiga tasmasimon ko‘rinishida soladigan qurilmani ishlab chiqish va uni pushta hosil qiladigan mashinaga moslab, ishchi qismlarinig parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: go‘ngni dala yuzasiga qator bo‘ylab tasma ko‘rinishida solish, so‘ngra uning ustida pushta hosil qilish texnologik jarayonlarini birgalikda bajaradigan texnologiya yaratilgan;
pushta hosil qilish mashinasiga moslashtirilgan va qator bo‘ylab tasma ko‘rinishida go‘ng solish texnologik jarayonini amalga oshiradigan qurilma ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan mashina ishchi qismlari parametrlarining o‘zgarish chegaralari ularning go‘ng bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalaydigan matematik modellar va analitik ifodalar asosida aniqlangan;
mashina o‘g‘itni me’yorlaydigan ishchi qismi parametrlarining maqbul qiymatlari va ish rejimi uning ish sifatini belgilaydigan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Dala yuzasiga go‘ngni tasma ko‘rinishida taqsimlab, ustidan pushta hosil qiladigan kombinatsiyalashgan mashina o‘g‘itlagichi parametrini asoslash” bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pushta hosil qilish mashinasiga moslashtirilgan va pushta ostiga tasmasimon ko‘rinishishida go‘ng solish qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk markazining foydali modelga patenti olingan (“Tuproqqa organik o‘g‘it soladigan qurilma”, №FAP 0284 – 2022 y.). Natijada dala yuzasiga qator bo‘ylab tasma ko‘rinishishida go‘ng soladigan qurilmaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish, uni ustida pushta hosil qilib dalani pushtali ekishga tayyorlash imkoni yaratilgan;
pushta ostiga tasmasimon ko‘rinishishida go‘ng solish qurilma o‘rnatilgan pushta hosil qilish mashinasi Izbosgan tumanidagi “Maygir” “Aziz Rizo erlari”, “Moygir zamin sardori”, “Moygir Dilshod”, “Moygir Adaxam” fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazilib joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil “27”- yanvardagi 06/22-05/446-son ma’lumotnomasi). Natijada dalani pushtali ekishga tayyorlashda mehnat sarfi 10 foiz, yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 45,3 foiz, har bir gektar maydonga sarflanadigan umumiy xarajatlar miqdori 36,5 foizga kamayganligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan go‘ngni dala yuzasiga tasma ko‘rinishda taqsimlab ustidan pushta oluvchi kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 06/22-05/446-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchi qism parametrlari asoslanib pushta hosil qilish mashinasiga moslashtirilgan qurilma konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish