Mustafoeva Xolida Xo‘jageldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5073.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Matenova Yuliya Umidovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshmatova Mukarram Jumanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tuzilmasi kalit so‘zlarni identifikatsiyalash, leksik ma’nolarning o‘zaro bog‘liqligini tasniflash, ildizli so‘zlarning semantik ma’nosini belgilash hamda matn paradigmasini tahlil qilish va modellashtirish bilan bog‘liq tushunchalarni ta’limiy maqsadlarga mos umumlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetentligini rivojlantirish bosqichlari mazmunli, hissiy tayyorgarlik, asarni ikkilamchi sintezlash, badiiy xususiyatlarni aniqlash, vizual materiallar vositasida muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni ratsional echimiga oid ijodiy-faoliyatli yondashuv ustuvorligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetentligini rivojlantirish modeli “Skechtnoting” texnologiyasi, debat, chalkash zanjirlar; konseptual jadval, case-study kabi universal metodlarning umumiy elementlarini pedagogik yaxlitlash hamda o‘qilgan materiallarni simvolik jihatga muvofiq muntazam takrorlashga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetentligini rivojlantirish metodikasi vizual vositalar funksiyalariga muvofiq idrok etish qobiliyatini rivojlantirish hamda “badiiy asarga sho‘ng‘ish” tasavvuriyligini e’tiborga olish,  tasvir fe’l-atvorini idrok etish, mualliflik pozisiyasini ko‘ra olish, asar g‘oyasini aniqlay olish ko‘nikmalarini kengaytirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
 bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tuzilmasi kalit so‘zlarni identifikatsiyalash, leksik ma’nolarning o‘zaro bog‘liqligini tasniflash, ildizli so‘zlarning semantik ma’nosini belgilash hamda matn paradigmasini tahlil qilish va modellashtirish bilan bog‘liq tushunchalarni ta’limiy maqsadlarga mos umumlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Rus adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7555/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish modeli tuzilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetentligini rivojlantirish bosqichlari mazmunli, hissiy tayyorgarlik, asarni ikkilamchi sintezlash, badiiy xususiyatlarni aniqlash, vizual materiallar vositasida muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni ratsional echimiga oid ijodiy-faoliyatli yondashuv ustuvorligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Rus adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7555/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetentligini rivojlantirish modeli “Skechtnoting” texnologiyasi, debat, chalkash zanjirlar; konseptual jadval, case-study kabi universal metodlarning umumiy elementlarini pedagogik yaxlitlash hamda o‘qilgan materiallarni simvolik jihatga muvofiq muntazam takrorlashga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Rus adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7555/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asar mazmunini tahlil qilish va shu asosida nutqni o‘stirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetentligini rivojlantirish metodikasi vizual vositalar funksiyalariga muvofiq idrok etish qobiliyatini rivojlantirish hamda “badiiy asarga sho‘ng‘ish” tasavvuriyligini e’tiborga olish,  tasvir fe’l-atvorini idrok etish, mualliflik pozisiyasini ko‘ra olish, asar g‘oyasini aniqlay olish ko‘nikmalarini kengaytirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Rus adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7555/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada oily taʼlim muassasalarida o‘quv jarayoni mazmunini boyitish imkoniyatlari kengaytirildi va rus adabiyoti tarixi kursini o‘qitish metodikasini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish