Ganiev Baxtiyor Shukurulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «3d-metall ionlarining tarkibida O,N,S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi va tadqiqi», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K680.
Ilmiy rahbar: Mardonov O‘ktam Mardonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Yakubov Erkin Shomuratovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 3d–metall ionlarining glutamin hamda O,N,S–tutgan organik ligandlar bilan gomo- hamda geteroligandli komplekslari sintezi, tarkibi, tuzilishi, xossalarini va amalda foydalanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glutaminning molekulyar va turli zaryadlangan holatlarida α-AKG (α- aminokarboksil) va γ-AG (γ-amid) guruhlarining koordinatsion xossalari va organik substratlar bilan ta’sirlashuv xususiyati yuqoriligi aniqlangan;
VO2+, Mn2+, Cu2+, Zn2+  ionlarining glutamin va O,N,S-tutgan ligandlar bilan yangi gomo- va geteroligandli komplekslari sintez qilinib, ularning tarkibi, tuzilishi ZFKTU bilan isbotlangan;
turli erimalarda va qattiq holatda EPR usuli bilan VO(II), Mn(II) ionlarining mono-, Cu(II) ioni biyadroli kompleks hosil qilishi, L1-5 ligandlar ularning geometriyasi va magnit xossalarini belgilashi isbotlangan;
[VO(Gln-)∙(L1-5)∙EtOH] (L1-5=mochevina, biuret, tiomochevina, tiosemikarbazid, 2-amino-1,3,4-tiadiazol) tarkibli komplekslar eritmada izotrop, qattiq holda anizotrop xossaga egaligi va buzilgan oktaedrik qurshovdagi V+4 ning statik Yan-Teller effekti L1<L3<L5<L4<L2 qatorida kuchayib borishi aniqlangan;
Zn2+ ionining gomo- va getreoligandli komplekslari tarkibi, ligandlar koordinatsiya usullari 1H, 13C YaMR-spektroskopiya va [Zn(L5)22Br] kompleks birikmasining tetraedrik qurshovga ega ekanligi RTT usullari bilan isbotlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning St-3 va St-20 markali po‘lat namunalariga nisbatan antikorrozion effekti real foydalanish sharoitlarida 8-SAM (suv aylanma sistemali) muhitlarda sinovdan o‘tkazilgan, korroziya ingibitorligi samaradorligi muhit pH-iga, himoyalanadigan metall (qotishma) va komplekslar tarkibidagi L1-5 ligandlar tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayrim 3d-metall ionlarining, glutamin va O,N,S-tutgan ligandlar bilan komplekslari sintezi, tuzilishi, biologik faolligi va korroziya ingibitori xossalarini namoyon etishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Zn(L5)2∙2Br] kompleks birikmasining RTT natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Crystallographic Data Centre, https://www.ccdc.cam.ac.uk/ CCDC depozit nomerlari 2089098 olingan). Natijada, bazaga kiritilgan L5 asosidagi komplekslarga oʻxshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini o‘rganishda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikmalar (IKM-1, IKTm-2, IKS-2, IKAs-2) Sho‘rtan NGQCh” boshqarmasida 8-SAM suv aylanma tizimida ishqoriy va kislotali muhitlarda metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2023 yil 25 dekabrdagi OP24/ShE-4497-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv o‘tkazuvchi va saqlovchi po‘lat konstruksiyalar va qurilmalarining ekspluatatsion muddatlarini 67,2 va 84,6% ga oshirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish