Xojieva Ro‘zigul Xudayberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pora olish-berishda vositachilik qilish uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD /Yu891
Ilmiy rahbar: O‘razaliev Murodjon Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Abzalova Xurshida Mirziyatovna, yuridik fanlar doktori, professor; Obidov Tolibjon Avazxonovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish hamda mazkur jinoyatni to‘g‘ri kvalifikasiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi asoslangan;
sportchiga, trenerga, sport hakamiga yoxud sport musobaqalarining boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berganlik yoki ularni mulkiy manfaatdor etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi asoslangan;
davlat xizmatchisi o‘z faoliyati davomida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, beg‘araz va xolis bo‘lishi, xizmat mavqe’idan shaxsiy va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi asoslangan;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda mansabdor shaxslarga nisbatan afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
sport musobaqalari tashkilotchilari va ishtirokchilarining qonunga xilof ravishda moddiy kimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi to‘g‘risidagi takliflar 2024-yil 4-noyabrdagi “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-988-son Qonunning 1-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 14-noyabrdagi 3/08-225-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishining oldini olishga xizmat qiladi;
sport musobaqalari tashkilotchilari va ishtirokchilarini pora evaziga og‘dirib olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi takliflar 2024-yil 4-noyabrdagi “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-988-son Qonunning 1-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 14-noyabrdagi 3/08-225-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi sportchiga, trenerga, sport hakamiga yoxud sport musobaqalarining boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berilishi yoki ularni mulkiy manfaatdor etilishining oldini olishga xizmat qiladi;
poraxo‘rlikning oldini olishda davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi lozimligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining  12-moddasining 5-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 14-fevraldagi 01/q-08-26-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyati davomida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligiga xizmat qiladi;
poraxo‘rlikning oldini olishda davlat fuqarolik xizmatchisining davlat xizmatini amalga oshirishda beg‘araz va xolis bo‘lishi va o‘z xizmat mavqe'idan shaxsiy va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek o‘z xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasining
7-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 14-fevraldagi 01/q-08-26-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi davlat fuqarolik xizmatchisining o‘z xizmat mavqe’idan shaxsiy va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligiga xizmat qiladi;
muayyan vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil sifatida manfaatlar to‘qnashuvining belgilanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-iyuldagi O‘RQ-860-son “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasining
8-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 19-sentyabrdagi 27/2/243-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi;
muayyan vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil sifatida ayrim shaxslarga afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-iyuldagi O‘RQ-860-son “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasining 9-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 19-sentyabrdagi 27/2/243-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi mansabdor shaxslarga afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishining oldini olishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish