Azizov Voxidxo‘ja Zohid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samariy monosulfidi asosida siyrak-er metallari yarimo‘tkazgich materialini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4093.
Ilmiy rahbar: Arislanov Akmaljon Sayibbaevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon texnika fanlari doktori, professor; Jumanova Miyasar Ortikovna texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: samariy monosulfidi asosida siyrak-er elementli yarimo‘tkazgich materiallarini olishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va uni nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sm2S3 birikmasi α-modifikatsiyalarining bir fazali kukunlarini, uning Sm2O3 oksididan sulfidlovchi (CS2 va H2S) gazlar yordamida olish jarayonlarining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Sm2S3 birikmasi γ-modifikatsiyalarini α-Sm2S3 suyuqlanmalarini qayta kristallash yoki yuqori haroratlarda qizdirish orqali olish jarayonlarini tadqiq qilingan hamda birinchi marta γ-Sm2S3 dan α-Sm2S3 ga polimorf o‘tish jarayonining kinetikasi asoslangan;
Sm3S4 fazasiga ega bo‘lmagan SmS namunalarini olishda boshlang‘ich moddalar Sm2S¬3 va Sm larning ta’sirlashuv nisbatlarini aniqlangan va 1023 - 1073 oK, 1223 - 1273 oK haroratlarda α-Sm2S3 va samariy metali o‘rtasida boradigan reaksiya kinetikasi o‘rganilgan hamda samariy sulfidlarining atmosfera kislorodi bilan oksidlanish jarayonini termodinamik asoslangan;
samariy monosulfid asosida siyrak-er elementli yarimo‘tkazgich materiallarni olish jarayonini texnik-iqtisodiy asoslash va ularning sanoatda ishlab chiqarish samaradorligini aniqlangan;
birinchi marta samariy monosulfid asosida siyrak-er elementli yarimo‘tkazgich materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sm2O3 oksidlaridan α-Sm2S3 birikmalari olish va undagi α-Sm2S3 bilan samariy metall o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida samariy monosulfidli yarimo‘tkazgich materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sm2O3 oksidlaridan CS2 va H2S gazlar yordamida α-Sm2S3 olish undagi α-Sm2S3 bilan samariy metall o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida samariy monosulfidli yarimo‘tkazgich materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi «Foton» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 04-3/1706-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektrofizik ko‘rsatkichlari tashqi ta’sirlarga barqaror bo‘lgan yuqori haroratga, kuchli magnit maydonlar va radiatsiyaga chidamli hamda chiqish signali sezgir va chiziqli bo‘lgan yangi turdagi yarimo‘tkazgich materiallar olish imkonini bergan;
α-SmS bilan Sm metalining o‘zaro ta’sirlashuv nisbatlari va reaksiya kinetikasini o‘rganishda olingan natijalar Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasining «Samariy monosulfidi (SmS) gradient keramikasida EYuK generatsiyasi shartlarini izlash» 23-23-00488 - sonli grantini bajarishda foydalanilgan(«Tyumen davlat universiteti» ning 2024 yil 19 sentyabrdagi 16/234-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli mexanik ta’sirlarga sezgirligi yuqori bo‘lgan samariy monosulfidli yarimo‘tkazgich materiallar olindi. SmS li funksional keramikadan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yangi turdagi termoelektr generatorlar ishlab chiqarish imkonini bergan.