Abdurahmonov Jahongir Saidazim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yuqori malakali eshkak eshuvchilarni bioimpedansmetrik va funksional ko‘rsatkichlarining xususiyatlari”, 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1190.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo institute, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Shaxmurova Gulnora Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Berdieva Dilnavoz Toshkan qizi, biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: somatotipga qarab yuqori malakali yakka baydarkachilarning morfo-funksional ko‘rsatkichlarining xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta respublikaning yuqori malakali yakka baydarkachilarining morfometrik, bioimpedansmetrik va funksional xarakteristikalari somatotipga bog‘liq ekanligi, ektomorf somatotipning esa yo‘qligi aniqlangan;
birinchi marta yakka baydarkachilarning soch namunalarida Se, Ca, Cu, Fe va Zn ning miqdori sportchi bo'lmaganlarga qaraganda yuqori va zaharli mikroelementlar - Pb, Cd va Hg yo'qligi aniqlandi, sochlarning mineral tarkibida somatotipik spesifiklik aniqlanmadi;
birinchi marta mezomorf somatotipli baydarkachilarda aerob zonada ishlash qobiliyati endomorf tana tuzilishdagi eshkak eshuvchilarga qaraganda yuqori ekanligi aniqlangan;
birinchi marta yuqori malakali yakka baydarkachilarda jismoniy faollikdan so‘ng DGK ning laktat va ayrim funksional ko‘rsatkichlarni tiklanishiga ta’sirining samaradorligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Somatotipga qarab yuqori malakali yakka baydarkachilarning morfo-funksional ko‘rsatkichlarining xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori toifali baydarkachilarning bioimpedansmetrik va funksional xarakteristikalari bo‘yicha natijalardan Belarus davlat universitetining №20212078 raqamli «Qalqonsimon bezga salbiy ta’sirlarini oldini olish usullarini ishlab chiqish uchun salbiy antropogen va tabiiy omillar ta’siri zonasida yashovchi aholining mikroelementlar holatini baholash» mavzusidagi loyihasida jismoniy faolligi yuqori bo‘lgan aholining guruhlari uchun tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Belarus davlat universitetining 2024 yil 24 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada antropogen omillar ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda DGK dan foydalanish ishchilarning farovonligini yaxshilashga va intensiv jismoniy mehnatdan keyin tiklanish davrini qisqartirishga yordam bergan;
O‘zbekistonning sportchi yigitlari soch tolasi mineral elementlar tarkibiga oid ma’lumotlardan Belarus davlat universitetining №20212078 raqamli «Qalqonsimon bezga salbiy ta’sirlarini oldini olish usullarini ishlab chiqish uchun salbiy antropogen va tabiiy omillar ta’siri zonasida yashovchi aholining mikroelementlar holatini baholash» mavzusidagi loyihasida Minskdagi sportchi yigitlarning analogik ma’lumotlari bilan solishtirish uchun foydalanilgan (Belarus davlat universitetining 2024 yil 24 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, har ikki davlat sportchilarining sochlarida Se, Ca, Cu, Fe va Zn kabi mikroelementlarning me’yor doirasida aniqlanishi 6-oy davomida, ya’ni qayta sinovgacha, ushbu elementlarni qo‘shimcha iste’mol qilish zarurati yo‘qligini ko‘rsatdi;
baydarkachilarning morfo-funksional me’yoriy mezonlari bo‘yicha olingan natijalar Andijon Davlat Universitetida fiziologiyaga oid fanlarini o‘qitishda “Respublika yuqori malakali baydarkachilarining morfo-funksional ko‘rsatkichlarining me’yoriy mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma asosida joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1 avgustdagi №4/17-4/4-13217-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish yanada keng qamrovli imkoniyatlarni bergan.