Mirzaaxmedov Muxammadbobur Karimberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“RFM usuli yordamida murakkab shaklga ega yupqa plastinalarning termo-elektro-magnit-elastiklik deformatsiyalanish jarayonlarini matematik modellashtirish”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4420.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Indiaminov Ravshan Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Anarova Shahzoda Amanbaevna, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. elektromagnit maydon kuchlar va harorat ta’sirini hisobga olgan holda RFM usuli yordamida murakkab shaklga ega yupqa plastinalarning termo-elektro-magnit-elastiklik deformatsiyalanish jarayonlarini matematik modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektromagnit maydon va harorat ta’sirini hisobga olgan holda Gamilton-Ostrogradskiy variatsion tamoyili asosida yupqa plastinaning termo-elektro-magnit-elastikligining umumlashgan matematik modeli qurilgan;
R-funksiya usuli (RFM) asosida murakkab shakldagi yupqa magnitelastik plastinalar uchun chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi echimlar tuzilmalari ishlab chiqilgan;
RFM hamda variatsion Bubnov-Galerkin sonli usullar yordamida murakkab shakldagi plastinalarni termo-elektro-magnit-elastiklik deformatsiyalanish jarayonining hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
murakkab shaklli yupqa magnitelastik plastinalarning termo-elektro-magnit-elastik deformatsiyalanish holatini hisoblashni avtomatlashtirish uchun dasturiy majmuaning tuzilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektromagnit maydon va harorat ta’sirini hisobga olgan holda murakkab shakldagi yupqa izotrop plastinalarning termo-elektro-magnit-elastiklik deformatsiyalanish holatini tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan matematik modeli, hisoblash algoritmi hamda dasturiy majmuasi asosida:
elektromagnit maydon va harorat ta’sirini hisobga olgan holda yupqa murakkab shaklidagi plastinalarning termo-elektro-magnit-elastiklik deformatsiyalanish jarayonlarini o‘rganishni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan hisoblash algoritmi va dasturiy majmua Andijon viloyati “Elektromagnit moslashuv xizmati” tasarrufida bo‘lgan o‘lchov qurilmalarida ishlatiladigan elektro‘tkazuvchan materialdan tayyorlangan yupqa murakkab mikroelementlarning deformatsiyalanish jarayonini, mustahkamligi holatlarini tadqiq qilish maqsadida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 20.11.2024 yil № 33-8/7791-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektromagnit moslashuvchanlikni hisobga olgan holda, elektromagnit maydoni ta’sirida bo‘lgan zamonaviy o‘lchov qurilmalarida ishlatiladigan, elektr tokini o‘tkazuvchan materialdan tayyorlangan yupqa murakkab konstruktiv mikroelementlarini tejamkorligini oshirish va hisob-kitoblarni yuritish ishlari aniqligi 1.3 marta, tezligi esa 1.4 martagacha oshib, vaqt va mehnat sarfini 7-10 % ga qisqartirish imkonini bergan;
harorat, elektromagnit maydon kuchlari, mexanik kuchlarni va elastiklik nazariyalarini hisobga olgan holda yupqa murakkab shakldagi plastinalarning termo-elektro-magnit-elastiklik deformatsiyalanish jarayonlarini matematik modeli, masalani echish uchun yaratilgan hisoblash algoritmi hamda dasturiy majmuasi “Unicon.uz” MChJ tassarufida bo‘lgan o‘lchov qurilmalarini tarkibiy elementi bo‘lgan murakkab shaklli yupqa plastinalarni ishlash samaradorligini oshirish maqsadida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 20.11.2024 yil № 33-8/7791-son ma’lumotnomasi). Natijada, konstruktiv mikroelementlarni hisoblash aniqligi 1.2 marta, hisoblash tezligi esa 1.5 martagacha oshirish, plastinaning mustahkamlik holatini 8-10 % ga orttirish imkonini bergan.