Turabov Sarvar Abdumalikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarining davlat xaridlarida moliyaviy munosabatlar mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt590.
Ilmiy maslahatchi: Xaydarov Nizamiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Giyasov Sarvar A’zamovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarining davlat xaridlarida moliyaviy munosabatlar mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab  chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektron do‘kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda ustuvorlik beruvchi mezoniga kichik tadbirkorlik subektlari bo‘yicha korxona xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslarni kiritish taklif etilgan;
tender savdolarida bitta tadbirkorlik subekti ishtirok etgan taqdirda, davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini hamda tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) oid mezonlarni o‘zgartirmagan holda takroran e’lon joylashtirganda va takroriy tender savdolarining yagona ishtirokchisi ilgari ishtirok etgan tadbirkorlik subekti bo‘lganda, tender savdolari o‘tkazilgan deb hisoblash taklif etilgan;
byudjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni birinchi navbatda new.cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganish taklif etilgan;
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan davlat xaridini amalga oshirishda tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining byudjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorini tashkil etish taklif etilgan;
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali davlat xaridini amalga oshirishda tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining byudjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining davlat xaridlarida moliyaviy munosabatlar mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron do‘kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda ustuvorlik beruvchi mezoniga kichik tadbirkorlik subektlari bo‘yicha korxona xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslarni kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PF-249-son “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Elektron do‘kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda ustuvorlik beriladigan kichik tadbirkorlik subektlari bo‘yicha mezonlar”ning 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 08/38-12-25645-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 03/03-3463-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron do‘kon orqali amalga oshiriladigan tovar, ish va xizmatlar xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha kichik tadbirkorlik subektlari ustuvorlik bergan;
tender savdolarida bitta tadbirkorlik subekti ishtirok etgan taqdirda, davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini hamda tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) oid mezonlarni o‘zgartirmagan holda takroran e’lon joylashtirganda va takroriy tender savdolarining yagona ishtirokchisi ilgari ishtirok etgan tadbirkorlik subekti bo‘lganda, tender savdolari o‘tkazilgan deb hisoblash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PF-249-son “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 08/38-12-25645-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 03/03-3463-son ma’lumotnomasi). Natijada, savdolarida bitta tadbirkorlik subekti bilan g‘olib aniqlanmagan taqdirda, takroriy tender o‘tkazishda faqat bitta ushbu tadbirkorlik subekti ishtirok etib g‘olib deb topilgan holda, davlat buyurtmachlari xaridlar vaqtidan unumli foydalanish imkoniyati yaratilgan va mexanizmi takollashtirilgan;
byudjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni birinchi navbatda new.cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-yanvardagi «Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-15-sonli qarori bilan tasdiqlangan 4-ilovaning 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 08/38-12-25645-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 03/03-3463-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali davlat xaridini amalga oshirishda tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining byudjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorini tashkil etish taklifi. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunining
52-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 08/38-12-25645-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 03/03-3463-son ma’lumotnomasi). Natijada, auksion orqali tovarlar xaridi bo‘yicha bir shartnomaga qo‘yilgan cheklovni olti ming baravargacha oshirish orqali byudjet tashkilotlarining tovarlar xaridlarini soddalashtirish imkoniyati yaratilgan;
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali davlat xaridini amalga oshirishda tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining byudjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunining 56-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 08/38-12-25645-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 03/03-3463-son ma’lumotnomasi). Natijada, eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tovarlar xaridi bo‘yicha bir shartnomaga qo‘yilgan cheklovni olti ming baravargacha oshirish orqali byudjet tashkilotlarining tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini soddalashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish