Hamroqulov Ulug‘bek Abduraxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarish mexanizmini takomilashtirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.13–“Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2830
Ilmiy rahbar: Maraimova Umida Ismaildjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti,
DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilhomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Qodirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqaruv yondashuviga ko‘ra: xodimlar salohiyati, moliyaviy-iqtisodiy salohiyat, ishlab chiqarish texnologik salohiyat, ilmiy-texnik salohiyat, boshqaruv–tashkiliy salohiyat, axborotlar bilan ta’minlanganlik va marketing salohiyati kabi tarkibiy qismlarga bo‘lish orqali innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmi takomillashtirilgan;
innovatsion salohiyatni kompleks-tarkibiy usulini qo‘llash orqali qoniqarsiz (0-0,55), qoniqarli (0,56-0,70), standart (0,71-0,85) hamda optimal (0,86-1) baholash mezonlari asosida oziq-ovqat sanoati korxonalari boshqaruvi takomillashtirilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarishning strategik modeli ishlab chiqilgan.
oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarish mexanizmi va unga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlillari asosida 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Oziq-ovqat sanoati koroxonalari innovatsion salohiyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini tarkibiy qismlarga ajratish orqali innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmi qayta ishlab chiqilgan bo‘lib, bu orqali Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Chashmai-safed” FX hamda Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Muhammadali hamkor biznes” MChJ korxonalari boshqaruvi samaradorligi ta’minlash imkoniyati yaratildi (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 3-avgustdagi 03-71/08-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida oziq-ovqat sanoati korxonlari innovatsion salohiyatini boshqarish tarkibiy boshqaruv orqali samarli boshqarish imkoniyati yuzaga keldi;
oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini kompleks-tarkibli usulini qo‘llash orqali qoniqarsiz (0-0,55), qoniqarli (0,56-0,70), standart (0,71-0,85) hamda optimal (0,86-1) baholash me’zonlari asosida oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarish mexanizmi takomillashtirilgan. Ushbu yangilik “Chashmai-safed” FX hamda “Muhammadali hamkor biznes” MChJ korxonalar innovatsion salohiyatini boshqarish samaradorligi ortishi natijasida korxonalar foydasi hajmi 2023-yilda 2018-yilga nisbatan mos ravishda 231,6% va 182 % ga oshgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 3-avgustdagi 03-71/08-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida oziq-ovqat sanoati korxonlari innovatsion salohiyatini mohiyatan to‘laqonli ifodalash hamda boshqaruv darajasini baholash imkoniyati yaratildi. 2023 yilga kelib, korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqaruv darajasi mos ravishda Muhamadali hamkor biznesda korxonasida 0.36 hamda Chashmai safed korxonasida esa 0.48 koffisientga oshdi;
oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarishning strategik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu taklifi korxonalar innovatsion faoliyati yaqin va uzoq muddatda samarali olib borilishini ta’minlaydi (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 3-avgustdagi 03-71/08-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida oziq-ovqat sanoati korxonlarini korxonalar innovatsion faoliyati yaqin va uzoq muddatli istiqbolda boshqarish strategiyasi samaradorligini ta’minlash imkoniyati yaratildi;
oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarish mexanizmi va unga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlillari asosida 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Ushbu taklif natijasida “Chashmai-safed” FX hamda “Muhammadali hamkor biznes” MChJ korxonalarining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 3-avgustdagi 03-71/08-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida korxonalar innovatsion salohiyatini boshqarishda korxonalar foydasi hajmi 2028-yilda 2023-yilga nisbatan 160,63 % hamda 148.9 % ga o‘sish prognoz hisoblab chiqildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish