Sharipov Abror Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarning moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan soliq siyosatini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3288.
Ilmiy rahbar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Zafar Alidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq siyosati tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarning moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlar (viloyat, tuman, shahar) mahalliy byudjetlari ixtiyorida shakllantirilgan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizidan kam bo‘lmagan qismini jamoatchilik fikri asosida hududlarni yanada rivojlantirish tadbirlariga sarflash zarurligi ilmiy asoslangan;
fuqarolarning tashabbuslari bilan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qo‘shimcha daromadlardan sarflanayotgan mablag‘lar asosida realizatsiya qilinayotgan loyihalar har oyda kamida bir marotaba o‘rganish va nazoratini kuchaytirish taklif etilgan;
hududlarda chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlarini olgan daromadlarini soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromadlarining 90 foizidan kam bo‘lmagan hollarda foyda solig‘i va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida belgilash isbotlangan;
hududiy Kengashlarning byudjet sohasidagi vakolatlarini yanada oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanganligini, xarajatlarining amaliy natijalari yuzasidan hisobot berish amaliyotini ijodiy qo‘llash zarurligi ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan soliq siyosatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:
hududlar (viloyat, tuman, shahar) mahalliy byudjetlari ixtiyorida shakllantirilgan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizidan kam bo‘lmagan qismini jamoatchilik fikri asosida hududlarni yanada rivojlantirish tadbirlariga sarflash zarurligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-maydagi 03/41-10427-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetlari ixtiyorida qoldirilgan mablag‘larning 43,3 mlrd.so‘m fuqarolarning tashabbuslari bilan mahallalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishga erishilgan;
fuqarolarning tashabbuslari bilan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qo‘shimcha daromadlardan sarflanayotgan mablag‘lar asosida realizatsiya qilinayotgan loyihalar har oyda kamida bir marotaba o‘rganish va nazoratini kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-maydagi 03/41-10427-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat organlari tomonidan Surxondaryo viloyati mahalliy byudjeti ixtiyorida qoldirilgan qo‘shimcha mablag‘lardan loyihalarga sarflanishi joyiga siqib o‘rganilganda 4,3 mlrd.so‘m yoki qo‘shimcha mablag‘larning 3 foizi maqsadsiz sarflanayotganligi aniqlangan va fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga qaytarilishiga erishilgan.
hududlarda chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlarini olgan daromadlarini soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromadlarining 90 foizidan kam bo‘lmagan hollarda foyda solig‘i va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-maydagi 03/41-10427-son ma’lumotnomasi).
hududiy Kengashlarning byudjet sohasidagi vakolatlarini yanada oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanganligini, xarajatlarining amaliy natijalari yuzasidan hisobot berishi tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-471-son “O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-maydagi 03/41-10427-son ma’lumotnomasi).