Usmonov Baxtiyor Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik aloqalari”, 07.00.05-Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1147.
Ilmiy rahbar: Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Raximov Mirzohid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Bo‘ronov Suxrob Muxammadi o‘g‘li, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik aloqalarining tarixiy shakllanish shart-sharoitlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va davlatlararo munosabatlar ikki davrga –ya’ni 1992-2016 yillarda Tojikistondagi beqaror ichki siyosiy vaziyat va ikki davlat o‘rtasidagi hal etilmagan va o‘z echimini topmagan masalalar bilan bog‘liq davr va 2017-2024-yillarda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar faollashgan va strategik sheriklik hamda ittifoqchilik darajasidagi hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan davrlarga bo‘linishi asoslangan;
uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy sheriklikning yangi modeli asosida ikki davlat o‘rtasida “yagona mintaqaviy bozorni” shakllantirish va investisiyaviy jozibadorlikni oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish, iqtisodiyotning barcha sohalarida innovatsion usullarini joriy etish – strategik maqsad bo‘lishi kerakligi va iqtisodiy munosabatlarning ijobiy dinamikasi eng avvalo xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarziga ijobiy tasir ko‘rsatishi asoslab berilgan;
O‘zbekiston tashqi siyosat vektorida Tojikiston bilan munosabatlarning tez normallashuvi fonida, “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyusiyasi doirasida milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash prizmasi o‘zgarib ikki mamlakatning yadro qurolidan holi hududni yaratish, xavfsizlik, tinchlik, barqaror rivojlanishni ta’minlash, diniy ekstremizm, terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorlikni kuchaytirishi natijasida mamlakatlar o‘z tashqi siyosatida bu boradagi asosiy konstantalarini qayta ko‘rib chiqqanligi asoslangan;
xalqaro munosabatlarda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar xalq diplomatiyasi rolini o‘tab davlatlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi, xususan O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi o‘tkazilgan xalqaro media platformalar, ta’lim forumlari, qolaversa turizm sektori hamkorlikning yangi drayveriga aylanib “Bitta tur — butun mintaqa” tamoyili bo‘yicha milliy, madaniy-tarixiy merosning umumiyligini hisobga olgan holda, xalqlarimizning mintaqa kelajagi uchun daxldorligi, birdamligi, yagona o‘tmish va umumiy kelajak nuqtayi nazaridan strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasidagi hamkorlik doirasida ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlanishiga xizmat qilayotganligi aniq hayotiy misollar bilan isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik aloqalari” mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
Ikki davlat o‘rtasida 1992-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga qaramay, davlatlararo munosabatlar va hamkorlik, Tojikistonda fuqarolar urushi yakunlanganidan keyin rivojlanganligi, asosiy hal qiluvchi hujjatlar yaqin qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi “Do‘stlik” shartnomasi (1993-yil), “Abadiy do‘stlik” to‘g‘risidagi shartnoma (2000-yil), strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma (2018-yil), ittifoqchilik shartnomalari ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 28-maydagi 14-07-884-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ma’lumotlar asosida davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va davlatlararo hamkorlikning ikki davri – 1992-2016-yillar; – 2017-2024-yillardagi munosabatlarning farqli jihatlari aniqlangan va mavzu doirasida yaxlit ilmiy asos yaratilgan bo‘lib, mazkur ma’lumotlar davlatlararo do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan ilmiy statistik va analitik materiallar tayyorlashda foydalanilgan.
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi siyosat va xalqaro hamkorligi bo‘yicha, jumladan Tojikiston bilan davlatlararo munosabatlar va hamkorlik masalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. Dasturda uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy sheriklikning yangi modeli asosida ikki davlat o‘rtasida “yagona mintaqaviy bozorni” shakllantirish va investisiyaviy jozibadorlikni oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish, iqtisodiyotning barcha sohalarida innovatsion usullarini joriy etish to‘g‘risida fikr va mulohazalar berilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasini 2024-yil 7-may 06-31-617-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy munosabatlarning ijobiy dinamikasi eng avvalo xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarziga ijobiy tasir ko‘rsatishi, bu bizning strategik maqsadimiz bo‘lishi lozimligi xususidagi ilmiy asos yaratilgan;
Diplomatik munosabatlar va hamkorlik tarixi Tojikiston tashqi siyosiy faoliyatining shakllanish bosqichlariga uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan. “O‘zbekiston” telekanilada efirga uzatilgan “Rangin kamon” ko‘rsatuvida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro davlatlararo munosabatlar va hamkorlik aloqalari bo‘yicha turli jarayonlarga oid masalalar tarixiylik jihatidan tahlil qilingan. Jumladan, “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyusiyasi doirasida milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari tahlil qilindi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 7-may 06-31-617 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ikki davlatning milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash prizmasi to‘g‘risida yaxlit ilmiy asoslangan ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
xalqaro munosabatlarda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar xalq diplomatiyasi rolini o‘tab davlatlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi, xususan O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi o‘tkazilgan xalqaro media platformalar, ta’lim forumlari, qolaversa turizm sektori hamkorlikning yangi drayveriga aylanib “Bitta tur — butun mintaqa” tamoyili bo‘yicha milliy, madaniy-tarixiy merosning umumiyligini hisobga olgan holda, xalqlarimizning mintaqa kelajagi uchun daxldorligi, birdamligi, yagona o‘tmish va umumiy kelajak nuqtayi nazaridan strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasidagi hamkorlik doirasida ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlanishiga xizmat qilayotganligi to‘g‘risida hayotiy misollar berilgan. Natijada, mazkur tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida(O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va marifat markazining 2023-yil 24-oktyabrdagi 397-sonli dalolatnomasi), hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ustuvor yo‘l xaritalari, dasturlari, targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi 04-13/1063-sonli dalolatnomasi).