Abdullaeva Djamilya Fazilidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kompleks modifikatsiyalangan bog‘lovchili avtoklavlanmagan gazobeton (Neavtoklavniy gazobeton s kompleksno modifisirovannim vyajushhim)”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5013
Ilmiy rahbar: Soy Vladimir Mixaylovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kondraschenko Valeriy Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor, Sattarov Zafar Muradovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision bog‘lovchi va maydalangan qum asosida tayyorlanadigan, fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari yaxshilangan avtoklavlanmagan gazobeton tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor V.I. Solomatovning “Kompozision qurilish materiallarining polistrukturaviy nazariyasi”ga asoslangan xolda, bog‘lovchini kompleks modifikatsiyalash yo‘li bilan, avtoklavlanmagan konstruksion-issiqlik izolyasiyalovchi gazobeton uchun tarkibida kremnezyom mavjud komponent sifatida maydalangan daryo qumini ishlatish mumkinligi asoslab berilgan;
ilk bor faol mineral mikroto‘ldirgichlardan: uchqindi kulni -15% va mikrokremnezyomni -10%, xamda MasterGlenium ACE 430 giperplastifikatorini bog‘lovchi massasiga nisbatan 1% miqdorda kompleks qo‘shishni ko‘zda tutuvchi maydalangan daryo qumi asosidagi amaldagi standartlar talablariga mos keluvchi avtoklavlanmagan konstruksion-issiqlik izolyasiyalovchi gazobetonning tarkibi ishlab chiqilgan;
mineral va kimyoviy modifikatorlar kompleksini qo‘shishni ko‘zda tutuvchi maydalangan daryo qumi asosidagi avtoklavlanmagan konstruksion-issiqlik izolyasiyalovchi gazobeton kompozit takribini siqilishga mustaxkamligini optimallashtirish imkoniyatlarini beruvchi matematik model ishlab chiqligan;
tarkibiga mineral va kimyoviy modifikatorlarning kompleks qo‘shimchali tarkibida sharli tegirmonda oldindan maydalangan kremnezem komponenti mavjud bo‘lgan, avtoklavlanmagan konstruksion-issiqlik izolyasiyalovchi gazobetonning texnologiyasi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: kompleks modifikatsiyalangan boglovchili avtoklavlanmagan gazobeton tarkiblari va texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
«Zarif Xasanov 777» MChJ korxonasida o‘rtacha zichligi D500 markali, siqilishga mustahkamligi 2,7-3 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,12 Vt/m°S gacha bo‘lgan avtoklavlanmagan gazobeton ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024-yil 18-noyabrdagi 04/15-3513-son ma’lumotnomasi). Natijada, uy-joy qurilishi uchun 10000 dona sifati yuqori bo‘lgan avtoklavlanmagan devor bloklari ishlab chiqarilgan va yangi tarkibni joriy etishning umumiy iqtisodiy samaradorligi 10000 dona * 3000 = 30 mln so‘mni tashkil etdi.
«Zarif Xasanov 777» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024-yil 18-noyabrdagi 04/15-3513-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1 m3 avtoklavlanmagan ko‘p komponentli gazobetonni ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 15 %ni tashkil etgan bo‘lsa, nuqsonlari 95 % ga kamaygan.