Zayniddinov Nuriddin Savranbek o‘g‘lining
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Lokomotivlarning texnik holatini resursiga ko‘ra baholash asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. DSc/T804
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Oganyan Eduard Sergeevich– texnika fanlari doktori, professor; Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor; Adilova Ziyoda Gafurdjanovna – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lokomotivlarning texnik holatini rama konstruksiyalari resursiga ta’sir etuvchi me’zonlarga ko‘ra baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lokomotivlarning qoldiq resursini baholashda ularning rama konstruksiyalari texnik holati, harakatning turli rejimlarida ta’sir etuvchi omillar va foydalanish shartlarini inobatga olgan holda, xizmat muddatini uzaytirishning hisobiy-eksperimental uslubiyoti va bajariladigan ishlar tartibini belgilovchi algoritmi ishlab chiqilgan;
lokomotivlar parkidagi uzoq muddat foydalanilayotgan VL60 elektrovozlarining rama konstruksiyalari yuklanganligini baholashda ularning texnik holati, ekspluatatsiya jarayonida ta’sir etuvchi omillar va materiallarining mexanik hususiyatlarini inobatga olgan holda qoldiq resursi aniqlangan;
Respublikamizda ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy turdagi lokomotivlarning rama konstruksiyalarining turli ekspluatatsion rejimlarda yuklanganlik holatini, konstruksiyalar mustahkamligi va chidamlilik ko‘rsatkichlarining elementlar geometrik parametrlariga bog‘liqligini qiyosiy baholash imkonini beruvchi chekli elementli modellari ishlab chiqilgan;
ilk bor VL60 elektrovozing xizmat muddatini uzaytirishda olib borilgan modernizatsiya ishlarini inobatga olgan holda, rama konstruksiyalarining yuklanganlik qiymatlarini aniqlash maqsadida dinamik-mustahkamlik sinovlarini o‘tkazish dasturi va uslubiyoti ishlab chiqilib lokomotivdan foydalanishning turli tezlik va rejimlarida rama elementlarining yuklanganlik darajasi aniqlangan;
lokomotivlarning qoldiq resursini baholashda ularning konstruksiyalari texnik holati, materiallarining mexanik hususiyati, foydalanish shartlari va intensivligini inobatga olib, modernizatsiya qilish orqali lokomotivlarni xizmat muddatini uzaytirish tartibiga qo‘yiladigan texnik shartlar ishlab chiqilgan;
zamonaviy putur etkazmaydigan nazorat usullarini qo‘llagan holda lokomotivlarni modernizatsiya qilish orqali hizmat muddatini uzaytirish jarayonida ularning rama konstruksiyalari mustahkamligini va chidamliligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan normativ-texnik xujjatlar va payvandlash yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Lokomotivlardan foydalanish samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish orqali xavfsiz foydalanish muddatini uzaytirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
uzoq muddat foydalanilgan lokomotivlarning resursini aniqlashning ekspert-texnik diagnostika uslubiyati ishlab chiqilgan va ushbu uslubiyat asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda VL-60 rusumli elektrovozlarning 58-yil foydalanilgandan keyin qoldiq resursi mavjudligi aniqlangan va xizmat muddatini uzaytirishda joriy etilgan. (“O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ ning 11-oktyabr 2024-yildagi dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2024 - yil 12 - noyabrdagi 4/10867-sonli ma’lumotnomasi);
lokomotivlarning xizmat muddatini uzaytirgan holda modernizatsiya qilishda VL60k elektrovozlarining rama konstruksiyalarini chidamliligini oshirish, elementlarini almashtirish va yuqori yuklangan qismlarini mustahkamlash ishlari uchun payvandlash Yo‘riqnomasi hamda ilmiy asoslangan me’yoriy-texnik va konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqilgan va “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJda elektrovozlarning xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan kapital ta’mirlashda joriy etilgan. (“O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJning 11-oktyabr 2024-yildagi dalolatnomasi);
VL60 elektrovozlarining dinamik-mustahkamlik sinovlari dasturi va uslubiyati ishlab chiqilgan hamda temir yo‘l uchastkalarida o‘tkazilgan dinamik-mustahkamlik sinovlari va nazariy-eksperimental tadqiqotlarda olingan natijalar asosida VL60 elektrovozlarining xavfsiz foydalanish muddatini 6 yilga uzaytirishga erishilgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “TCh-O‘zbekiston” lokomotiv deposining 15 oktyabr 2024 yildagi hamda “TCh-Qarshi” lokomotiv deposining 25-oktyabrdagi Dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2024-yil 12- noyabrdagi 4/10867-sonli ma’lumotnomasi);
elektrovozlarning rama konstruksiyalarini kuchaytirish va elementlarini almashtirish orqali modernizatsiya qilishning taklif etilgan algoritmi va texnik shartlarga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda 10-ta seksiya VL60 seriyali elektrovozining foydalanish muddati uzaytirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 4/10867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektrovozlaridan belgilangan xizmat muddati davomida yilik iqtisodiy samaradorlik 1 827 000 000 (bir milliard sakkiz yuz yigirma etti million) so‘mni tashkil etgan.