Yo‘ldoshev Jaxongir To‘raboeviching
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07-“ Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.PhD/Iqt4157.
Ilmiy rahbari: Shoyzoq Rahmatovich Xolmo‘minov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik Universiteti huzuridagi PhD. 03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimkulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga oylik stipendiya va ularning shartnoma-to‘lovlarini to‘lashda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirishni akademik o‘zlashtirishga muvofiqlashtirishni joriy etish orqali davlat byudjeti granti natijadorligi asosida byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
davlat buyurtmasini moliyalashtirishda nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tanlab olish uchun ta’lim natijadorligi ko‘rsatkichini joriy etish asosida oliy ta’lim xizmati bozorida raqobatni rivojlantirish taklif etilgan;
oliy ta’lim bilan qamrab olishda kunduzgi ta’limning ulushini 50 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali oliy ta’lim xizmati bozorida moliyaviy spekulyasiyani oldini olish taklif etilgan;
moliyaviy mustaqil davlat oliy ta’lim muassasalarida akademik nisbatni akademik guruh soni minimal mezoni orqali belgilash asosida moliyaviy rentabellikka erishish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarga oylik stipendiya va ularning shartnoma-to‘lovlarini to‘lashda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirishni akademik o‘zlashtirishga muvofiqlashtirishni joriy etish orqali davlat byudjeti granti natijadorligi asosida byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 2-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 15-noyabrdagi 03/03-3275-son ma'lumotnomasi). Natijada, ta’lim grantining samaradorligini oshirishga erishilgan.
davlat buyurtmasini moliyalashtirishda nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tanlab olish uchun ta’lim natijadorligi ko‘rsatkichini joriy etish orqali oliy ta’lim xizmati bozorida raqobatni rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasi 16-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 15-noyabrdagi 03/03-3275-son ma'lumotnomasi). Natijada, nodavlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini taqsimlashda ishtirok etishi orqali ta’lim sifati va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish imkoniyati oshgan.
oliy ta’lim bilan qamrab olishda kunduzgi ta’limning ulushini 50 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali oliy ta’lim xizmati bozorida moliyaviy spekulyasiyani oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 1-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 15-noyabrdagi 03/03-3275-son ma'lumotnomasi). Natijada, 2024/2025-o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanish tartibini joriy etishga erishilgan.
moliyaviy mustaqil davlat oliy ta’lim muassasalarida akademik nisbatni akademik guruh soni minimal mezoni orqali belgilash asosida moliyaviy rentabellikka erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 2-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 15-noyabrdagi 03/03-3275-son ma'lumotnomasi). Natijada, maxsus sirtqi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni normativlari bekor qilingan hamda mazkur yoʻnalishda taxsil olayotgan talabalar soni 2023-yilda 2021-yilga nisbatan 2,5 barobarga yoki 379,0 ming nafarga o‘sishiga olib kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish