Suleymanov Farrux Raximjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish””, 08.00.13-“ Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Iqt3116.
Ilmiy rahbari: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sultanov Alisher Sabirjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratishda davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan, turli faoliyatlar, bo‘limlar va xodimlarning harakatlarini muvofiqlashtirish va birgalikda ishlashini ta’minlovchi tuzilma tashkil etish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim tizimida hududlari bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik ulushining maqbul chegarasi (MChDXSh ≈ 35%)ga etkazishda hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar joylaridagi o‘rinlarini qo‘shimcha ravishda kengaytirish uchun tuzilishi lozim bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik shartnomalari miqdorini aniqlash usuli asoslangan;
davlat oliy ta’lim muassasasi hamda xususiy sherik sifatidagi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tender natijalari asosida tuzilgan bitim asosida davlat-xususiy sheriklik ob’ekti sifatidagi oliy ta’lim muassasasining hududiy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikligi asosida quriladigan talabalar turar joylariga bo‘lgan ehtiyojning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy ta’lim tizimida davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratishda davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan samarali  foydalanishga yo‘naltirilgan turli faoliyatlar, bo‘limlar va xodimlarning harakatlarini muvofiqlashtirish va birgalikda ishlashini ta’minlovchi tuzilma tashkil etish taklifi asoslangan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04/04-1429-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan turli faoliyatlar, bo‘limlar va xodimlarning harakatlarini muvofiqlashtirish va birgalikda ishlashini ta’minlovchi tuzilma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti bilan loyihalarni tashkil etish haqidagi shartnomalarni tuzishda qo‘llanildi;
Oliy ta’lim tizimida hududlar bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik ulushining maqbul chegarasi (MChDXSh ≈ 35%)ga etkazishda hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar joylaridagi o‘rinlarni qo‘shimcha ravishda kengaytirish uchun tuzilishi lozim bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik shartnomalari miqdorini aniqlash usuli asoslangan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04/04-1429-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv va talabalar yotoqxonalarida o‘rinlar sonini kengaytirish uchun ajratiladigan mablag‘larni rejalashtirishda asos qilib olindi;
Davlat oliy ta’lim muassasasi hamda xususiy sherik sifatidagi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tender natijasida tuzilgan bitim asosida davlat-xususiy sheriklik ob’ekti sifatidagi oliy ta’lim muassasasining hududiy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklifi asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04/04-1429-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat-xususiy sheriklik ob’ekti sifatidagi oliy ta’lim muassasasining hududiy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish natijasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshqarish samaradorligi oshdi;
O‘zbekiston oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida quriladigan talabalar turar joylariga bo‘lgan ehtiyojning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04/04-1429-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada uzoq muddatli istiqbolda oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikligi asosida quriladigan talabalar turar joylariga bo‘lgan ehtiyojni qondirilish darajasini aniqlash imkoni yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish