Abduraxmanov Ramazan Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3549.
Ilmiy rahbar: Abduvaxidov Farxod Tuychievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalarini umumlashtirgan namunaviy hisob siyosati hujjatlar aylanish grafigini tasdiqlash asosida ichki nazoratni taminlash, hisob ob’ektlarini tan olish hamda baholashning uslublaridan bir xil yondashuv asosida foydalanishga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi nizomi”ni ishlab chiqish asosida aktivlarni to‘g‘ri saqlash, moddiy, moliyaviy resurslardan tejamli va samarali foydalanish, harajatlarlar, ularning smetalarga mosligi hamda ob’ektivligini taminlash asoslangan;
byudjet tashkilotlari hisob siyosatida xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlarni aniqlash uchun belgilangan kun me’yorlarini 15 kunga uzaytirish orqali “Xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” harajatlar moddasi summasini asoslangan holda rejalashtirish hamda maqsadli moliyalashtirish taklifi asoslangan;
byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarini 161400/1 (063/1) “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarini 161400/2 (063/2) “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” ishchi schyotlarida hisobga olish orqali moliyalashtirish manbalari bo‘yicha xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarining harakatiga oid tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalarini umumlashtirgan namunaviy hisob siyosati hujjatlar aylanish grafigini tasdiqlash asosida ichki nazorat va hisobdorlikni ta’minlash, hisob ob’ektlarini tan olish va baholashning uslublaridan bir xil yondashuv asosida foydalanishga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 02-1697-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarida buxgalteriya xizmati xodimlarining lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy amal qilishi, inventarizatsiya o‘tkazishning tartibi va muddatlarini aniq belgilash, sintetik va analitik schyotlar tarkibini tasdiqlash orqali ma’lumotlarni umumlashtirish jarayonini soddalashtirish, hujjatlar aylanish grafigini tasdiqlash asosida ichki nazorat va hisobdorlikni ta’minlash, hisob ob’ektlarini tan olish va baholashning uslublaridan bir xil yondashuv asosida foydalanishga xizmat qilgan;
“Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari ichki nazorat tizimi to‘risidagi nizom”ni ishlab chiqish asosida aktivlarni to‘g‘ri saqlash, moddiy va moliyaviy resurslardan tejamli va samarali foydalanish, xarajatlar va ularning smetalarga mosligi hamda ob’ektivligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 02-1697-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarida tarkibiy bo‘linmalar tomonidan aktivlarni to‘g‘ri saqlash, moddiy va moliyaviy resurslardan tejamli va samarali foydalanish, amaldagi qonunlar hamda ichki hujjatlar talablariga rioya qilish, belgilangan rejalarni bajarish, buxgalteriya hujjatlari, moliyaviy hisobotlar va boshqaruv axborotining to‘liqligi hamda to‘g‘riligini ta’minlash, tavakkalchiliklar yuzaga kelganda xavflarni aniqlash, tahlil qilish va zarur qarorlar qabul qilish, xarajatlar va ularning smetalarga mosligi hamda ob’ektivligini ta’minlash imkonini bergan;
byudjet tashkilotlari hisob siyosatida xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlarni aniqlash uchun belgilangan kun me’yorlarini 15 kunga uzaytirish orqali «Xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari» xarajatlar moddasi summasini asoslangan holda rejalashtirish va maqsadli moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 02-1697-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha «Xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari» xarajatlar moddasi summasini asoslangan holda rejalashtirish va maqsadli moliyalashtirishga xizmat qilgan;
byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarini 161400/1 (063/1) - “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarini 161400/2 (063/2) - “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” ishchi schyotlarida hisobga olish orqali moliyalashtirish manbalari bo‘yicha xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarining harakatiga oid tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 02-1697-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarida moliyalashtirish manbalari bo‘yicha xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarining harakatiga oid tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish imkonini yaratgan.