Djalilova Fariza Rasuljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sun’iy oziqlantirilgan bolalarda tishlar kariesi profilaktikasi», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD//Tib1228.
Ilmiy raxbar: Murtazaev Saidmurodxon Saida’loevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gulomov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ermuxanova Gul`jan Tleumuxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi);
Yetakchi tashkilot: Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda tish kariesini oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har xil turdagi oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatida sun’iy oziqlantirilgan bolalarda tish kariesining intensivligi va tarqalishi tabiiy va aralash turlardagi oziqlantirishda bo‘lgan tengdoshlariga nisbatan o‘rtacha 1,5-2,5 baravar yuqori ekanligi isbotlangan;
sun’iy oziqlangan bolalarda so‘lakning yopishqoqligi o‘rtacha 1,48 baravarga oshishi, so‘lak ajralish tezligi 1,62 baravardan ko‘proq kamayishi va kalsiy, fosfor va ftor konsentratsiyasi (36,23; 126,33; 0,08 mkg/ml ) so‘lak tarkibida, vodorod ionlari konsentratsiyasining kislotali tomonga siljishi bilan isbotlangan;
sun’iy oziqlangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi laktobakteriyalar sonining kamayishi (57%) va streptokokklarning  peptostreptokokklar sonining ko‘payishi (74%), S. mutans (28,4) ko‘pligi uzoq muddatli sun’iy oziqlantirish davrida ko‘proq topiladi va ayni paytda ichak mikroflorasining buzilishi mavjudligi isbotlangan;
og‘iz suyuqligi minerallar tarkibini, fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga, og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozini yaxshilashga,  bolalarda tish kariesining intensivligini oshishini va tarqalishini pasayishiga yordam beruvchi, probiotiklarni o‘z ichiga olgan  karies-profilaktika choralar majmuasini qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 iyundagi 01/03-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: har xil turdagi oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatida sun’iy oziqlantirilgan bolalarda tish kariesining intensivligi va tarqalishi tabiiy va aralash turlardagi oziqlantirishda bo‘lgan tengdoshlariga nisbatan o‘rtacha 1,5-2,5 baravar yuqori ekanligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/835 son bilan tasdiqlangan “Profilaktika i konservativnoe lechenie rannego detskogo kariesa putem optimizatsii makro- i mikroelementnogo gomeostaza slyuni”  xamda 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/834 -son bilan tasdiqlangan “Profilaktika kariesa zubov u detey naxodivshixsya na iskusstvennom vskarmlivanii”  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 42-sonli buyrug‘i asosida va Toshkent shaxar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi va 5-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 12 oy davomida o‘tkazilgan davolash va profilaktika muolajalari natijasida tish kariesining intensivligi (kpu indeksiga ko‘ra) tekshirilgan bemorga o‘rtacha 1,26 birlikka pasaygan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan tavsiyalarning qo‘llanilishi shartli ravishda olingan bitta tish uchun plomba/olib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun aniqlangan og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘rtacha nisbiy solishtirma summasi 133410 so‘mni (plomba - o‘rtacha 95 ming so‘m, olib tashlash - o‘rtacha 225 ming so‘m) tashkil etdi. Xulosa: shunday qilib, bir tekshirilgan bemor misolida iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha = 133410 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 6 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning umumiy soni 2750000 kishini hisobga olsak, respublikada iqtisodiy samaradorlik 366877500 so‘mni tashkil etadi. tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sun’iy oziqlangan bolalarda so‘lakning yopishqoqligi o‘rtacha 1,48 baravarga oshishi, so‘lak ajralish tezligi 1,62 baravardan ko‘proq kamayishi va kalsiy, fosfor va ftor konsentratsiyasi (36,23; 126,33; 0,08 mkg/ml ) so‘lak tarkibida, vodorod ionlari konsentratsiyasining kislotali tomonga siljishi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/835 son bilan tasdiqlangan “Profilaktika i konservativnoe lechenie rannego detskogo kariesa putem optimizatsii makro- i mikroelementnogo gomeostaza slyuni”  xamda 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/834 -son bilan tasdiqlangan “Profilaktika kariesa zubov u detey naxodivshixsya na iskusstvennom vskarmlivanii”  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 42-sonli buyrug‘i asosida va Toshkent shaxar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi 5-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, tekshirilgan bolalarning erta kariesi bilan kasallanishini kamaytirish, og‘iz bo‘shlig‘ining kariogen muhitining mikrobiotasini korreksiyalash orqali erishilgan og‘iz bo‘shlig‘ining tish holati va gomeostazini yaxshilashga, ovqatlanish usuli, qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va miqdoriy tarkibini tartibga solishga, shuningdek, agar kerak bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan probiyotiklarning dori-darmonlarini buyurishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: profilaktika va diagnostika choralari orqali iqtisodiy ta’sir (IT) (ikki xolatda iqtisodiy xarajatlar o‘rtasidagi farq) pul ekvivalentida: IT= 523000 – 209200 = 313800 so‘m. Olingan natijalar xar bir bemor uchun o‘rtacha miqdorni tejash imkoniyatini isbotlaydi. Xulosa: amalga oshirilgan klinik va biokimyoviy tadqiqotlar natijasida har xil sabablarga ko‘ra va turli darajada yuzaga kelgan og‘iz bo‘shlig‘i disbioelementozi sababli yuzaga keladigan karies kasalligi profilaktikasi va ishlab chiqilgan davolash bo‘yicha tavsiyalar sarflanadigan mablag‘larni sezilarli kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: sun’iy oziqlangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi laktobakteriyalar sonining kamayishi (57%) va streptokokklarning  peptostreptokokklar sonining ko‘payishi (74%), S. mutans (28,4) ko‘pligi uzoq muddatli sun’iy oziqlantirish davrida ko‘proq topiladi va ayni paytda ichak mikroflorasining buzilishi mavjudligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/835 son bilan tasdiqlangan “Profilaktika i konservativnoe lechenie rannego detskogo kariesa putem optimizatsii makro- i mikroelementnogo gomeostaza slyuni”  xamda 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/834 -son bilan tasdiqlangan “Profilaktika kariesa zubov u detey naxodivshixsya na iskusstvennom vskarmlivanii”  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 42-sonli buyrug‘i asosida va Toshkent shaxar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi 5-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: natijalar asosiy omillardan biri bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining kariesogen mikroflorasini korreksiyalash orqali erta kariesning oldini olish va davolash samaradorligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan tavsiyalarning qo‘llanilishi shartli ravishda olingan bitta tish uchun plomba/olib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun aniqlangan og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘rtacha nisbiy solishtirma summasi 133410 so‘mni (plomba - o‘rtacha 95 ming so‘m, olib tashlash - o‘rtacha 225 ming so‘m) tashkil etdi. Xulosa: ro‘yxatdan o‘tgan bolalarda kariesning og‘irligiga qarab, mikroflorani normallashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasida ro‘xatdan o‘tgan bir, ikki va uch- komponentli dori-darmonlar buyurildi, ular tegishli tarkib, probiotik mikroorganizmlar soni bilan ajralib turadi va kariesogen mikroorganizmlarning rivojlanishiga doimiy ravishda to‘sqinlik qiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz suyuqligi minerallar tarkibini, fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga, og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozini yaxshilashga,  bolalarda tish kariesining intensivligini oshishini va tarqalishini pasayishiga yordam beruvchi, probiotiklarni o‘z ichiga olgan  karies-profilaktika choralar majmuasini qo‘llash samaradorligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/835 son bilan tasdiqlangan “Profilaktika i konservativnoe lechenie rannego detskogo kariesa putem optimizatsii makro- i mikroelementnogo gomeostaza slyuni”  xamda 2022 yil 29 iyuldagi №8N-R/834 -son bilan tasdiqlangan “Profilaktika kariesa zubov u detey naxodivshixsya na iskusstvennom vskarmlivanii”  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 42-sonli buyrug‘i asosida va Toshkent shaxar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi 5-son bolalar stomatologiya poliklinikasi  amaliyotga 2022 yil 11 avgust 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kariesning oldini olish bo‘yicha kompleks chora tadbirlarni, shu jumladan probiotiklarni amalga oshirish natijalari bolalar o‘rtasidagi asosiy stomatologik kasalliklardan biri sifatida kariesning intensivligi va tarqalishini kamaytirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: profilaktika chora tadbirlari natijasida bolalarning asosiy guruxining 78 tishining karies rivojlanishining oldi olindi . 1 tishni davolashning ortacha narxi 104600 so‘m belgilangan miqdordagi 78 tishni davolash uchun ortacha 78*104 600 = 8158800 so‘m sarflash kerak bo‘ladi. Xulosa: shunday qilib, investisiya qilingan moddiy resurslar o‘z-o‘zidan ta’minlanadi, chunki ular stomatologik davolanish narxini pasaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish