Turaeva Nafisa Odiljonovnaining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes sub’ektlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3154.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Nurali Xolmatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Maxamatov Nurilla Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aripov Oybek Abdullajanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes sub’ektlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sub’ektlarining yagona raqamli ekotizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, resurslardan samarali foydalanish va kichik biznesning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalar orqali o‘zaro hamkorlik va faoliyatni soddalashtirish uchun yaratilgan yagona raqamli muhit nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarini yagona raqamli ekotizimga birlashtirish orqali raqamlashtirish samaradorligini baholash jarayonlari rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlariga e’tibor qaratish (YM), muntazam amaliyot (MA), istiqbolni baholash (IB), teskari aloqa (TA), yangi maqsadlar (YaM) kabi omillarga ko‘ra takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarini infratuzilmaviy rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uch komponentli raqamlashtirilgan modelining tarkibi “ijtimoiy” (Mijt = 0,27), “iqtisodiy”
(Miqt = 0,41), “ekologik” (Meko = 0,32) o‘rtasidagi maqbul nisbat jihatidan takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ekti faoliyatida raqamli texnologiya asosida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi manfaatlariga ko‘ra o‘zaro ma’lumot almashish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar asosida raqamli texnologiyalardan foydalanishning 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes sub’ektlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sub’ektlarining yagona raqamli ekotizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, resurslardan samarali foydalanish va kichik biznesning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalar orqali o‘zaro hamkorlik va faoliyatni soddalashtirish uchun yaratilgan yagona raqamli muhit nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalarda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Raqamli biznes transformatsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 14-iyuldagi 228-PO-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning kichik biznes sub’ektlarini bosqichma-bosqich raqamli o‘zgartirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish muhiti sifatida yagona raqamli ekotizimni shakllantirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
kichik biznes sub’ektlarini yagona raqamli ekotizimga birlashtirish orqali raqamlashtirish samaradorligini baholash jarayonlari rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlariga e’tibor qaratish (YM), muntazam amaliyot (MA), istiqbolni baholash (IB), teskari aloqa (TA), yangi maqsadlar (YaM) kabi omillarga ko‘ra takomillashtirish taklifi kichik biznes sub’ektlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 7-avgustdagi 08-10-25-13299-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ektlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, biznes texnologiyalari orqali korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy natijalarini 10 foizga o‘sishiga erishish imkoni yaratilgan;
kichik biznes sub’ektlarini infratuzilmaviy rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uch komponentli raqamlashtirilgan modelining tarkibi “ijtimoiy” (Mijt = 0,27), “iqtisodiy” (Miqt = 0,41), “ekologik” (Meko = 0,32) o‘rtasidagi maqbul nisbat jihatidan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik korxonalar, jumladan, “Yulduz” MChJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 7-avgustdagi 08-10-25-13299-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ektlarini mavjud bo‘lgan raqamli texnologiyalarning o‘ziga mos turidan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish orqali mavjud muammoni bartaraf etishni ta’minlaydigan, eng qisqa vaqt ichida minimal sarf xarajatlar bilan yuqori rentabellikka erishish raqamli texnologiyalarni samaradorligini belgilash imkoni yaratilgan;
kichik biznes sub’ekti faoliyatida raqamli texnologiya asosida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi manfaatlariga ko‘ra o‘zaro ma’lumot almashish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar asosida raqamli texnologiyalardan foydalanishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik korxonalar faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 7-avgustdagi 08-10-25-13299-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ekti faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanishning uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda “Yulduz” MChJ kichik biznes sub’ektining raqamlashtirish imkoniyatini nazarda tutuvchi raqamli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish natijasida korxonaning pul mablag‘larini 57850,22 ming so‘mga oshirish  imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish