Pirmatov Oybek Zenetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh futbolchilarning hujumdagi texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1845.
Ilmiy rahbar: Komilov Jamoliddin Karimjonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Achilov Abdulla Mannofovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchilarni o‘yin jarayonida hujumdagi texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchilarning hujumni amalga oshirishdagi guruhli taktik harakatlarni bajarish imkoniyatlari dinamik  vaziyatlarning raqibni chalg‘ituvchi strategik harakatlariga ega grafik modellarini o‘yin jarayoniga amaliy vaziyatli mashqlarni bog‘lash hamda interaktiv o‘yinlarni o‘zgaruvchan sharoitlarga  ko‘ra mashg‘ulotdan tashqari vaqtda qo‘llash asosida oshirilgan;
11-12 yoshli futbolchilarning hujum harakatlarida panna futbol, qo‘l to‘pi, oyoqda voleybol va tec ball kabi o‘yin vositalarini qo‘llash hisobiga darvozabon maydonchasida yuzaga keladigan murakkab vaziyatlarda bosh bilan bajariladigan texnik harakatlarning samaradorligi oshirilgan;
futbolchilarning o‘yin jarayonida topshiriqlarni ijro etishdagi texnik-taktik harakatlar ishonchliligi hujumdagi guruhli taktik harakatlarni (devor usuli, darvozani ishg‘ol etish 4x4 kabilar) takomillashtirish hisobiga natijadorlik oshirilgan;
11-12 yoshli futbolchilarning qarshi hujum harakatlarini amalga oshirishdagi to‘pni harakatlanayotgan sherikga uzatish aniqlik darajasi o‘yin maydonini futbolchilar amplualariga hamda hujum natijadorligini inobatga olgan holda uch  hududga bo‘lish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 11-12 yoshdagi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish orqali hujumdagi harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
         rivojlangan xorij jamoalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy testlarni yosh futbolchilarning mashg‘ulotlar jaryoniga tatbiq qilish asosida hujum uyushtirishda yuzaga keladigan texnik-taktik harakatlarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan vositalarni taktik vazifalar bo‘yicha takliflar “Yosh futbolchilarning hujumdagi texnik- taktik tayyorgarligini oshirish uslubiyati” nomli dastur mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport  vazirligining  2023-yil 27 - dekabrdagi 03-01/04/20/13924-son ma’lumotnomasi). Natijada 11-12 yoshli futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi 17,6% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 17.26% yaxshilangan;
11-12 yoshli futbolchilarning o‘zaro taktik harakatlarni rivojlantirish asosida hujumda futbolchilarning murakkabligi bo‘yicha taktik harakat ko‘rsatkichlarini tashxislash uslubiyati bo‘yicha taklif va tavisiyalar sport maktablarinining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 03-01/04/20/13924-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi futbolchilari texnik tayyorgarligi 23,5% ga yaxshilangan;
 o‘yin vaziyatlarini qismlarga ajratish va haqiqiy o‘yin holatiga yaqinlashtirilgan sharoitlarni yaratish orqali uni mashg‘ulot faoliyatiga ko‘chirishni (o‘yinni rivojlantirish tuzilmasi qonuniyatlarini hisobga oluvchi) hamda futbolchilarning hujumdagi guruhli taktik harakatlarini takomillashtirish algoritmi taqdim etildi va bu bo‘yicha takliflar vazirlik tizimiga qarashli sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 03-01/04/20/13924-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi futbolchilarining jamoaviy texnik-taktik harakatlari samaradorligi 14,9% ga o‘sgan;
 11-12 yoshli futbolchilarning harakatlar  faoliyati samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy komponentlarni hisobga olgan holda (umumiy va maxsus jismoniy, texnik) o‘yin vaziyatlariga yaqinlashtirilgan vositalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2023- yil 27-dekabrdagi 03-01/04/20/13924-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi futbolchilari taktik tayyorgarligi 15,5% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish