Mirzaraximova Kamola Rixsievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda tug‘ma anomaliyalarning tarqalganligi, xavf omillari va ularni oldini olishda patronaj hamshirasining roli (Toshkent shahar misolida)” 14.00.23 - Hamshiralik ishini tashkil etish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1270.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Baxromjon Mamatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salixodjaeva Rixsinisa Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar orasida tug‘ma anomaliyalarning tarqalganligi va xavf omillarini o‘rganish va baholash, patronaj xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda 37,5% holatda erta homiladorlik davrida dori vositalarini tartibsiz qabul qilish, 7,8% holatda nasliy moyillikka ega bo‘lgan, 6,9% holatda qarindoshlar orasidagi nikoh, 18,7% holatda tug‘ishdan oldingi abortlar, 27,6% hollarda onaning yondosh kasalliklari homilaning rivojlanmaslik xavfini 1,7 barobarga, tug‘ma anomaliyalar bilan tug‘ilishni 1,4 barobarga oshirishi bilan isbotlangan;
tug‘ma anomaliyalar bilan chaqaloqlarning tug‘ilishida: 68% oilada nasliy kasalliklarning mavjudligi, 36,8 qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, 27,3% onalardagi surunkali yoki o‘tkir patologiyalar (tug‘ish vaqtida anamnezidan TORCH infeksiyalar, II-III darajali gipertoniya, o‘tkir respirator infeksiyalar, qandli diabet, yurak-qon tomir kasaliklari), 23,3 % onaning oldingi homiladorligining kechishi (anamnezida abortlar, o‘z-o‘zidan homilaning tushishi, patologik tug‘ilish, o‘lik tug‘ilish), 44,8% onalar homiladorlik vaqtida yaqqol toksikoz, homilaning tushish xavfi, ota-onadagi zararli odatlar yetakchi xavf omillar ekanligi isbotlangan;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida patronaj hamshiralari xizmatining sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar, tug‘ma anomaliyalarning xavf omillarini erta aniqlash, o‘z vaqtida mukammal dispanser nazoratiga olish va ular orasida xavf guruhlarini e’tiborga olgan holda ikkilamchi profilaktikasi uchun ishlab chiqilgan xarakatlar algoritmining chora-tadbirlarni olib borish bolalar salomatligi 1,5 barobarga yaxshilanishi, bolaning hayot sifatini oshishi, ruhiy, jismoniy holatini yaxshilanishi, ijtimoiy moslashuvchanligini oshishiga olib kelishi isbotlangan;
xavf guruhiga kiruvchi ayollarni homiladorlikka tayyorlash jarayonida immunologik va sitogenetik usul qo‘llanilishi yordamida homilani rivojlanishi uchun muayyan muhitni yaratish, tibbiy yordam sifatini oshirish natijasida yondosh kasalliklari bor ayollarda homilani sog‘lom rivojlanishi 8,4±0,5% dan 17,6±0,8% gacha oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar orasida tug‘ma anomaliyalarning tarqalganligi va xavf omillarini aniqlash, ularni oldini olish, patronaj xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi va homilador ayollarda 37,5% holatda erta homiladorlik davrida dori vositalarini shifokor ko‘rsatmasiga asoslanmagan holatda tartibsiz qabul qilish, 35,7% holatda nasliy moyillikka ega bo‘lgan, 30,9% holatda qarindoshlar orasida nikoh, 28,7% holatda tug‘ishdan oldingi abortlar, 27,6% hollarda onaning yondosh kasalliklari homilaning rivojlanmaslik xavfini 1,7 barobarga oshiradi, natijada tug‘ma anomaliyalar bilan tug‘ilish 3 barobarga oshganligini isbotlash bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 23 fevral` №7 bilan tasdiqlangan “Bolalarning tug‘ma anomaliyalar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari istiqbolini belgilash”, “Bo‘lajak onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatini yaxshilash, tug‘ma anomaliyalarni birlamchi profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma majmuiga singdirilgan. Mazkur taklif Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 26 iyul №144 sonli buyrug‘i asosida hamda Yangihayot tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 11 oktyabr №1733-14-220-TB/20-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan tibbiy tadbirlarning joriy etilishi fertil yoshdagi va homiladorlik davrida homilaga xavf soluvchi holatlarida ko‘rsatiladigan ijtimoiy samaradorlikni oshirishga olib keladi, tibbiy brigada tarkibidagi doya patronaj hamshiralarini «profilaktik o‘quv modul»larida o‘qitish asosida oilaviy patronaj hamshiralarining bilimini sezilarli darajada oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tibbiy brigada tarkibidagi doya hamshiralarini «profilaktik o‘quv modul»larida o‘qitish orqali patronaj tibbiyot hamshiralarining bilim darajasini oshishi natijasida fertil yoshdagi va homilador ayollarda erta homiladorlik davrida dori vositalarini shifokor ko‘rsatmasi asosida amalga oshirishni nazorat qilib borilishi homilaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi 22% ga pasaygan, xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarda esa 12% ga kamayganligi, bu o‘z navbatida tug‘ma anomaliyalar bilan tug‘ilish chastotasini kamaytirgan. Fertil yoshdagi va homilador ayollar holatida erta homiladorlik davrida parvarishlashning ushbu to‘g‘ri tanlangan usulini qo‘llash, 50 nafar homilador ayollar hisobiga byudjet mablag‘larining 30899700 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tibbiy brigada tarkibidagi doya patronaj hamshiralarini «profilaktik o‘quv modul»larida o‘qitish asosida oilaviy tibbiyot hamshiralarining bilim darajasini oshishi, fertil yoshdagi va homilador ayollar holatida erta homiladorlik davrida to‘g‘ri parvarishlashni yo‘lga qo‘yish, bolalarni tug‘ma nuqson bilan kasalxonaga jarrohlik amaliyotini qo‘llash chastotasini kamayishi orqali 1 nafar tug‘ma anomaliyaga nisbatan to‘g‘ri taktikani olib borish 1 nafar bemor bola hisobiga 1626300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tug‘ma anomaliyalar bilan chaqaloqlarning tug‘ilishida: oilada nasliy kasalliklarning mavjudligi, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar onalardagi surunkali yoki o‘tkir patologiyalar (tug‘ish vaqtida anamnezidan TORCH infeksiyalar, II-III darajali gipertoniya, o‘tkir respirator infeksiyalar, qandli diabet, yurak-qon tomir kasaliklari), onaning oldingi homiladorligining kechishi (anamnezida abortlar, o‘z-o‘zidan homilaning tushishi, patologik tug‘ilish, o‘lik tug‘ilish), onalar homiladorlik vaqtida yaqqol toksikoz, homilaning tushish xavfi, ota-onadagi zararli odatlar yetakchi xavf omillarni isbotlash bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 23 fevral` №7 bilan tasdiqlangan “Bolalarning tug‘ma anomaliyalar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari istiqbolini belgilash”, “Bo‘lajak onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatini yaxshilash, tug‘ma anomaliyalarni birlamchi profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma majmuiga singdirilgan. Mazkur taklif Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 26 iyul №144 sonli buyrug‘i asosida hamda Yangihayot tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 11 oktyabr №1733-14-220-TB/20-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida tug‘ma anomaliyalar bilan tug‘ilishni oldini olishni nazorat qilinishini takomillash, xavf omillari rivojlanishini erta aniqlash va oqibatini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: fertil yoshdagi va homilador ayollarda patronaj hamshirasi erta homiladorlik davrida homilador ayoldagi yondosh kasalliklarni yani, ToRCH-infeksiyalariga: qizilcha, gerpes, sitomegalovirus, toksoplazmoz, xlamidioz tekshiruvdan o‘z vaqtida o‘tayotganligini, shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra vaqtida davo choralarini qo‘llashni nazorat qilib borishi xavf omilini bartaraf etadi. Bunda homilador ayolning statsionarda davolanishi uchun sarf qilinadigan harajati va shuni hisobiga bir nafar bemorga sarf qilinadigan harajati 50 nafar homilador ayolga 100830600 so‘m ortiqcha sarf-harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: fertil yoshdagi va homilador ayollarda patronaj hamshirasi erta homiladorlik davrida «Nazorat qilish kundaligi» tekshiruvdan o‘z vaqtida o‘tayotganligini va unga nisbatan shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra vaqtida davo choralarini qo‘llashni nazorat qilib borish kasallikni kamayishiga olib kelganligi orqali 1 nafar bemor bola hisobiga 1626300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy sanitariya yordami muasasasida patronaj hamshiralarining xizmatining sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, patronaj yordamini samaradorligini oshirish yo‘llari isbotlanganligi va aniqlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 23 fevral` №7 bilan tasdiqlangan “Bolalarning tug‘ma anomaliyalar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari istiqbolini belgilash”, “Bo‘lajak onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatini yaxshilash, tug‘ma anomaliyalarni birlamchi profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma majmuiga singdirilgan. Mazkur taklif Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 26 iyul №144 sonli buyrug‘i asosida hamda Yangihayot tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 11 oktyabr №1733-14-220-TB/20-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondoshuvlardan samarali foydalanish natijasida tibbiy yordam sifatini yaxshilash, patronaj hamshiralarining bilim darajasini mustahkamlash, ish faoliyatini tartibli amalga oshirish hamda, yordam va g‘amxo‘rlikka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemor bolalarni parvarishlashda patronaj hamshiralari uchun ishlab chiqilgan harakat algoritmini hamshiralar tomonidan birlamchi tibbiyot tizimida ishlash mexanizmi tartibga soladi, patronaj dasturlari individual yordamni ta’minlashda, muhtoj oilalarga va jamoalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam ko‘rsatishda, ota-onalar va parvarishlovchilarni qo‘llab-quvvatlashda, hamda ularning yosh bolalari uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishda hal qiluvchi va muhim ahamiyatga ega ekanligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini oladi, bemor bolani shifoxonaga tushish chastotasi kamayishi imkonini beragan va shuni hisobiga 45 nafar bemorga 100830600 so‘m ortiqcha sarf-harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalardagi tug‘ma anomaliyalarni parvarishlashda patronaj hamshiralari uchun ishlab chiqilgan harakat dasturni hamshiralar tomonidan birlamchi tibbiyot tizimida qo‘llash orqali bolalarni, ijtimoiy moslashuvchanligini yuzaga kelishi orqali 1 nafar bemor bola hisobiga 1626300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xavf guruhiga kiruvchi ayollarni homiladorlikka tayyorlash jarayonida immunologik va sitogenetik usulni qo‘llash yordamida homilani rivojlanishi uchun muayyan muhitni yaratish, yondosh kasalliklari bor ayollarda 8,4±0,5 dan 7,6±0,8 gacha kamayishi natijasida homilani sog‘lom rivojlanishiga olib kelishi bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 23 fevral` №7 bilan tasdiqlangan “Bolalarning tug‘ma anomaliyalar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari istiqbolini belgilash”, “Bo‘lajak onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatini yaxshilash, tug‘ma anomaliyalarni birlamchi profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma majmuiga singdirilgan. Mazkur taklif Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 26 iyul №144 sonli buyrug‘i asosida hamda Yangihayot tumani tibbiyot birlashmasi – Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyoti 2023 yil 11 oktyabr №1733-14-220-TB/20-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan maxsus parvarish, immunologik va sitogenetik nazorat usullarining qo‘llanilishi hamda hamshiralar tomonidan yuritiladigan nazorat kundalikni yo‘lga qo‘yilishi birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida tug‘ma anomaliyalar bilan tug‘ilishni oldini olishni nazorat qilinishini takomillashtiradi, xavf omillari rivojlanishini oldini oladi va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: fertil yoshdagi va homilador ayollarda patronaj hamshirasi erta homiladorlik davrida immunologik (ToRCH-infeksiyalariga: qizilcha, gerpes, sitomegalovirus, toksoplazmoz, xlamidioz) va sitogenetik (ayolning irsiyatning xromosoma va genlarini o‘rganish) tekshiruvdan o‘z vaqtida o‘tayotganligini, shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra vaqtida davo choralarini qo‘llashni nazorat qilib borishi xavf omilini bartaraf etadi. Homilador ayollarda bunday parvarish usullarini o‘z vaqtida olib borilishini ToRCH-infeksiyalar ta’sirida homilaning ona organizmida rivojlanmay qolishini, homilaning yuragi o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishi yoki homilaning tushish xavfi kuchayganda shifoxonada davolanishni kamayishi imkonini beradi. Bunda homilador ayolning statsionarda davolanishi uchun sarf qilinadigan harajati va shuni hisobiga bir nafar bemorga sarf qilinadigan harajati 50 nafar homilador ayolga 100830600 so‘m ortiqcha sarf-harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Tibbiy brigada doya patronaj hamshiralar uchun «Profilaktik o‘quv modul»ning tarkibidagi «Nazorat qilish kundaligi» tekshiruvdan o‘z vaqtida o‘tayotganligini va unga nisbatan shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra vaqtida davo choralarini qo‘llashni nazorat qilib borish kasallikni kamayishiga olib kelganligi orqali 1 nafar bemor bola hisobiga 1626300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.