Sarimsakova Maloxat Xikmatullaevna
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Ѕanoat iqtiѕodiuoti”
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toѕhkent davlat tranѕrort univerѕiteti
Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:
Shodieva Gulnara Mardiena, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yusupxodjaeva Gulchexra Baxadirxodjaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi Temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra "transport kompleksi" tushunchasining iqtisodiy mazmuni asosiy vazifasi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning ehtiyojlarini qondirish uchun samarali, tezkor va xavfsiz transport xizmatlarini ta’minlashdan iborat turli transport turlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va uyg‘unlik asosida yuklar va yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish tizimini tashuv zanjirlarini samarali tashkil etish va etkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJda raqobatbardoshligini qiymat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholashda yo‘qotilgan foydani hisobga olish (Syf ≤ Smtm; Syf = Ti - Li ± Pi) tartibi hamda raqobatbardoshligini baholash ko‘rsatkichlarining eng optimal ro‘yxatini shakllantirish asosida faoliyat samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
logistika infratuzilmalarini modernizasiya qilishning asosiy xususiyatlari va mahsulotlarini etkazib berishda logistika jihatdan tashkillashtirish mezonlarini joriy etish orqali sanoat korxonalari yuklarini kuzatib borish va nazorat xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirish taklifi asoslangan;
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida yuk tashish texnologiyalari, intermodal yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilish va tranzit salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy rivojlanish modeli asosida 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti korxonalarida innovatsion rivojlanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra "transport kompleksi" tushunchasining iqtisodiy mazmunini asosiy vazifasi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning ehtiyojlarini qondirish uchun samarali, tezkor va xavfsiz transport xizmatlarini ta’minlashdan iborat turli transport turlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va uyg‘unlik asosida yuklar va yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish tizimini tashuv zanjirlarini samarali tashkil etish va etkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan "korporativ boshqaruv asoslari" nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universiteti, 07.03.2023 yil 40-U buyrug‘i);
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJda raqobatbardoshligini qiymat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholashda yo‘qotilgan foydani hisobga olish (Syf ≤ Smtm; Syf = Ti - Li ± Pi) tartibi hamda raqobatbardoshligini baholash ko‘rsatkichlarining eng optimal ro‘yxatini shakllantirish asosida faoliyat samaradorligini oshirish taklifi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan "temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi"ni ishlab chiqishda foydalanilgan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 2024 yil 5-sentyabrdagi 01/3536-24-sonli ma’lumotnomasi) Ilmiy natijalarning joriy qilinishi natijasida O‘zbekiston temir yo‘llari iqtisodiy faoliyatining istiqbolini ta’minlashda milliy transport-tranzit tizimi hamda tizimni samarali rivojlantirish darajasini aniqlashga xizmat qilgan;
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida yuk tashish texnologiyalari, intermodal yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilish va tranzit salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy rivojlanish modeli asosida 2029 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan "temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi"ni ishlab chiqishda foydalanilgan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 2024 yil 5-sentyabrdagi 01/3536-24-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini yaratishda konseptual ahamiyat kasb etgan;
logistika infratuzilmalarini modernizasiya qilishning asosiy xususiyatlari va mahsulotlarini etkazib berishda logistika jihatdan tashkillashtirish mezonlarini joriy etish orqali sanoat korxonalari yuklarini kuzatib borish va nazorat xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirish taklifi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan "temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi"ni ishlab chiqishda foydalanilgan Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tomonidan etkazib berilgan yuklar hajmi va daromadlari bilan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli istiqboldagi muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 2024 yil 5-sentyabrdagi 01/3536-24-sonli ma’lumotnomasi)..

Yangiliklarga obuna bo‘lish