Qutliev Abrorbek Anvarbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tarixiy shaharlarda avtotransport harakatini rejalashtirishda shaharsozlik usullarini takomillashtirish (Xiva shahri misolida)”, 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/A152.
Ilmiy rahbar: Usmonov Quvvat Turdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/04.07.2023.T.11.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdunazarov Jamshid Nurmuhamatovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudaykulov Rashidbek Mansurjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: “TOShKENTBOShPLANLITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Xiva shahrida yo‘l-transport tarmoqlarini rejalshtirishda avtotransport vositalarining shahar ekologiyasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-    Xiva shahridagi KYT  bo‘yicha avtotransport harakati jadalligining  dastlabki kartogrammasi, visual (ko‘z bilan ko‘rib sanash) va kuzatuv video kameralari orqali olingan natijalari asosida ishlab chiqilgan;  
-    ilk bora Xiva shahrida avtotransport vositalaridan chiqayotgan shovqin va chiqindi gazlar miqdori o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida hudud bo‘ylab tarqalishini GIS tizimida interpolyasiya usullaridan foydalanilgan holda, hududning ekologik xavlilik darajalari xaritasi 5 ta gurux bo‘yicha baholash usuli ishlab chiqilgan;
-    Xiva shahrining Bosh rejasiga avtotransport harakatini to‘g‘ri tashkillashtirishda transport zichligining parametrlariga bog‘liqlikligi, ekologik ta’sirlari, transport oqimining sifat ko‘rsatkichlarining shahar ekologiyasiga salbiy ta’sirlarini kamaytirish bo‘yicha takomillashtirilgan shaharsozlik modelini ishlab chiqish orqali shaharda shaharsozlik-rejaviy hamda ma’muriy chora-tadbirlarini taklif etish asosida avtotransport shovqini va chiqindi gazlarini 15% ga kamaytirish mumkunligi aniqlangan;
Xiva shahri hududidagi avtotransportlar sonini istiqboldagi o‘sishini prognoz qiluvchi trend modeli naturaviy kuzatuvlar asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar muhitining sanitar-gigenik holatini yaxshilash maqsadida shovqin va chiqindi gazlari miqdorlarini pasaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ilk bora tarixiy Xiva shahridagi ko‘cha-yo‘l tarmog‘i bo‘yicha avtotransport harakati jadalligining kartogrammasi visual hamda kuzatuv video kameralar orqali olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan va  O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11 sentyabrdagi 24-06/9458-son ma’lumotnomasi).  Natijada Xiva shahri ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining 2023 yil holatiga yuklanganlik darajasini kamaytirish bo'yicha shaharsozlik-rejaviy chora-tadbirlari taklifi orqali ya’ni, katta halqa yo‘li taklifi asosida shaharda yuklamani 35% kamaytirishga imkon bergan;
ilk bora Xiva shahrida avtotransport vositalaridan chiqayotgan shovqin va chiqindi gazlari miqdorlarini GIS (Arcmap) tizimiga kirg‘izish orqali hudud bo‘ylab tarqalishini interpolyasiya usullaridan foydalangan holda prognoz qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11 sentyabrdagi 24-06/9458-son ma’lumotnomasi). Natijada shovqin va chiqindi gazlarning hudud bo‘ylab tarqalish xaritasi orqali ekologik xavlilik darajalari xaritasi 5 ta gurux bo‘yicha baholash usuli ishlab chiqilgan;
Xiva shahrining Bosh rejasiga avtotransport harakatini to‘g‘ri tashkillashtirishda transport zichligining parametrlariga bog‘liqlikligi, ekologik ta’sirlari va transport oqimining sifat ko‘rsatkichlarining shahar ekologiyasiga bo‘lgan ta’sirlarini kamaytirish bo‘yicha takomillashtirilgan shaharsozlik modeli  taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11 sentyabrdagi 24-06/9458-son ma’lumotnomasi). Natijada shaharning tarixiy qismida shaharsozlik-rejaviy va ma’muriy chora-tadbirlariga taklif va tavsiyalar ishlab chiqish asosida avtotransport shovqini va chiqindi gazlarini 15% ga kamaytirish mumkunligi aniqlangan;
Xiva shahri hududidagi avtotransportlar sonini istiqboldagi o‘sishini prognoz qiluvchi trend modeli naturaviy kuzatuvlarga ko‘ra ishlab chiqilgan modelidan foydalangan holda keyingi davr uchun shahardagi avtotransport vositalarini prognoz qiymatlarini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11 sentyabrdagi 24-06/9458-son ma’lumotnomas). Natijada Xiva shahrining istiqbolli Bosh rejasiga taklif ishlab chiqish uchun KYTning optimal rivojlanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish