Abdullaev Sharofiddin Yusup o‘g‘lining
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Namligi yuqori paxtalarni g‘aramda saqlash va quritish rejimlarini takomillashtirish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T156
Ilmiy rahbar: Parpiev Azim Parpievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Sarimsoqov Olimjon Sharipjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi–namligi yuqori bo‘lgan paxtalarni saqlash va quritishni ratsional rejimlarini ishlab chiqish asosida ularni sifatini saqlab qolishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
g‘aramlanayotgan paxta iflosligini maksimal farqi me’yori va tola sifatiga ta’siri texnologik jarayonlarda paxtani namligi, ifloslik notekisligini o‘zgarish qonuniyalari asosida aniqlangan;
paxtani qizdirilgan holda shamollatib quritish jadalligini asoslovchi asosiy mexanizmlari asoslandi va qurish kinetikasini xarakterlovchi bog‘lanishlar kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan;
shamollatishda paxtadan namlik ajralishi bilan paxta vazni, shamollatish vaqti va qaytaligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar olingan, ularni ratsional qiymatlari qurilgan regressiya tenglamalari tahlili asosida aniqlangan;
g‘aram balandligi bilan uni zichligi paxta namligi, iflosligi o‘rtasidagi bog‘lanishlarni xarakterlovchi regressiya tenglamalari kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan va shular asosida paxta g‘arami balandligi bo‘yicha namlik, ifloslik xamda zichliklarni taqsimlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namligi yuqori paxtalarni g‘aramda saqlash va quritish rejimlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Takomillashtirilgan namligi yuqori paxtalarni g‘aramda saqlash va quritish rejimi “Real agro cotton” UK Yuqori Chirchiq tumani filiali paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2024-yil 24-sentyabrdagi 03/25-2562-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shamollatish va quritish rejimlarining amaldagi va tajriba namunalarini solishtirma sinov ishlarida V-sanoat navli namligi yuqori paxtani dastlabki ishlashda ishlab chiqarilgan tola sinfi “O‘rta” sinfdan “Yaxshi” sinfga yaxshilanishiga, saqlashda elektr-energiya sarfi 888 kVt*soat ga kamayishiga erishilgan.