Raxmonov Sherzod Kasimdjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er resurslarini tarmoqlararo taqsimotida qishloq xo‘jaligining ustuvorligini ta’minlash», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va 06.01.10–Er tuzish, kadastr va er monitoringi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt662.
Ilmiy rahbar: Umurzakov O‘ktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Choriev Qurbon Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,Bobojonov Allabergan Ro‘zimovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er resurslarining tarmoqlararo taqsimotida qishloq xo‘jaligining ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er ajratishda nuqtali, chiziqli va yaxlit maydonli ob’ektlarni guruhlash hamda tanlanadigan er uchastkalarini lokal, mahalliy, mintaqaviy, strategik va giper turlarga bo‘lish uslublari takomillashtirilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining ichki ehtiyojlari va baliqchilik sohasi sub’ektlari uchun er ajratishda ishchi loyihalar mezonlari ishlab chiqilgan;
er ajratishda qishloq xo‘jaligi sohasi va korxonasiga etkaziladigan zarar turlari va miqdorini aniqlash, ularni qoplash hamda tushumlarni tasarruf etish bo‘yicha uslublar takomillashtirilgan;
oziq-ovqat etishtiriladigan er maydonlarini joylashtirish hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlari tarkibini optimallashtirishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er resurslarini tarmoqlararo taqsimotida qishloq xo‘jaligining ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
Er ajratishda nuqtali, chiziqli va yaxlit maydonli ob’ektlarni guruhlash asosida er ajratish uslubini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya Toshkent viloyatidagi ob’ektlar amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 sentyabrdagi 02-10-7327-son ma’lumotnomasi). Zararlar miqdorini aniqlash bo‘yicha amaldagi uslubga kiritilgan er uchastkasining shakl koeffisientini qo‘llash natijasida zararlar miqdorining 1,5-2,0 barobar ortishi asoslangan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga er ajratishga oid tavsiya etilgan uslubiy yondashuvlar Toshkent viloyatining baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 sentyabrdagi 02-10-7327-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki xo‘jalik er tuzish loyihalarini ishlab chiqish sifati yaxshilanishi, tuproq unumdor qatlamidan kam hosilli erlarni boyitishda foydalanish, xususan, ushbu uslub qo‘llanilganda 1 gektar kam hosilli ekin maydonida paxta hosildorligi gektariga 5 s ga ortishi va qo‘shimcha 1,5 mln. so‘m qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratilishi asoslangan;
“Respublikada optimal er resurslari taqsimoti dasturi (2019–2035 y.y.)ning ustuvor yo‘nalishlariga oid tavsiyalar” “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyihalash instituti faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 sentyabrdagi 02-10-7327-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ob’ekti hududida 250 mm. li gaz quvuriga er ajratishda qishloq xo‘jaligi sohasi va fermer xo‘jaliklari ko‘radigan zarar amaldagi Nizomga nisbatan muallif taklifi bo‘yicha 43,15 mln so‘mlik kamayishi aniqlangan;
noqishloq xo‘jaligi ob’ektlari uchun er ajratishda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish, zararlarni aniqlash va tushumlarni tasarruf etish bo‘yicha takomillashtirilgan uslublar Toshkent viloyatidagi ob’ektlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 sentyabrdagi 02-10-7327-son ma’lumotnomasi). Ushbu dasturni qo‘llash er balansini tuzish va istiqboldagi ma’muriy tumanlarda amalga oshiriladigan er ajratish ob’ektlari hamda zahira erlar to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish imkonini yaratadi.