Ibragimov Komildjon Sherkuzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni takomillashtirish» (Oliy ta’lim muassasalari misolida), 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.PhD/Iqt296.
Ilmiy rahbar: Hamdamov Baxrom Kasimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni shakllantirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” tushunchasining mazmuni daromadlar va xarajatlar smetalari doirasida byudjet qonunchiligi talablariga moslashtirilgan;
byudjet tashkilotlarida inventarizatsiyani amalga oshirishda mol-mulk kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya yozuvlariga muvofiqlashtirish hamda aybdor shaxslardan undiriladigan mablag‘larni hisobda aks ettirish uslubiyoti takomillashtirilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etish mexanizmi taklif etilgan;
byudjet tashkilotlarida chet el valyuta mablag‘larining harakati bo‘yicha moliyaviy hisobotni shakllantirish hamda taqdim etish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” tushunchasini normativ-huquqiy hujjatlarda yagona yondashuv asosida foydalanish yuzasidan bergan ilmiy asoslangan ta’rifi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli Farmoni asosida tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 91-bandi bajarilishida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2018 yil 29 yanvardagi 0164/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” tushunchasini normativ-huquqiy hujjatlarda ilk bor yaxlit tusda ifodalashga hamda foydalanishga huquqiy zamin yaratgan;
inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha berilgan takliflar “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning “Byudjet tashkilotlarida inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi” nomli 8-paragrafini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 30 yanvardagi MM/03-04-06/267-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija byudjet tashkilotlarida inventarizatsiya jarayonlari natijalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish tartibini belgilanishiga xizmat qilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali taqdim etishda elektron raqamli imzodan foydalanish yuzasidan berilgan takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining (2017 yil 26 dekabrdagi 182-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 15 fevralda 2971-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha Qoidalari”ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan hamda amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 2 martdagi AK/03-04-08/624-son ma’lumotnomasi). Natijada byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda mavjud muammolarni bartaraf etishning zamonaviy, innovatsion echimlari topilib, vaqtni tejash, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish, sub’ektiv omillarni bartaraf etish hamda ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashga erishilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini takomillashtirish yuzasidan “Byudjet tashkilotlarida chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot” shaklini tuzish va uni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining (2017 yil 26 dekabrdagi 182-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 15 fevralda 2971-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha Qoidalar”ini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan hamda amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 2 martdagi AK/03-04-08/624-son ma’lumotnomasi). Natijarda davlat sektori uchun moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga yaqinlashish va byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotni tuzishda axborotlarning shaffofligi va ishonchlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan.