Xalilova Shoxsanam G‘ayrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FiI4224.
Ilmiy rahbar: Sholdarov Dilshod Azimiddin o‘g‘li, DSc, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Alidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bank moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat berish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik doirasida ijaraga berilgan er uchastkasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherikka ushbu binoni bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga ruxsat etish taklif etilgan;
imtiyozli davr davomida tadbirkorlik subektlari tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshirilishini inobatga olib, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda kreditlar ajratish taklif etilgan;
sohaga xususiy sektorni keng jalb etish hamda mazkur faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, qolgan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
       davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sonini yanada kengaytirish hamda ota-onalarga ko‘shimcha qulaylik va ishlash imkoniyatlarini yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ota-onalar to‘lovini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-322-sonli Qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 05-12-1682 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yil davomida 30 ming nafardan ortiq 3 yoshgacha bolalar davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’limga qamrab olinishi, ularning ota-onalariga ishlash uchun sharoit yaratilishi hamda davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha 72,1 mlrd. so‘m mablag‘ shakllantirilishiga xizmat qilgan.
davlat-xususiy sheriklik doirasida ijaraga berilgan er uchastkasida nodavlat maktabgacha talim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherikka ushbu binoni bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga ruxsat etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-son Farmoni (8-ilovasi)da o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 05-12-1682 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, nodavlat maktabgacha talim tashkilotlari uchun bank kreditlarini olishda garov ta’minoti bilan bog‘liq yangillik yaratish hamda zarur moliyaviy resurslarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
imtiyozli davr davomida tadbirkorlik subektlari tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshirililishini inobatga olib, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga tabaqalashtirilgan foiz stavkalari va shartlarda kreditlar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-316 sonli Qarori (ilovasi)da o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 05-12-1682 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, nodavlat maktabgacha talim tashkilotlari uchun bank kreditlarini olishda 2 yil qo‘shimcha davr imtiyoz berilishi moliyaviy resurslarning chiqib ketishini oldi olinib, ushbu mablag‘larni ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishga sarflash imkoniyatini bergan.
davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, qolgan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etish hamda ular uchun ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda o‘rnatish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-322-sonli Qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 05-12-1682 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat-xususiy sherikligi asosida faoliyat yurituvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi hamda maktabgacha ta’limga qamrov darajasining oshishiga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish