Sotiboldiev Bekzod Sulaymon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Amfifil` kremnezem va uning polisaxaridli kompozitlarining kolloid-kimyoviy xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K677.
Ilmiy rahbarlar: Boymirzaev Azamat Solievich, kimyo fanlari doktori, professor; Kattaev Nuritdin To‘raevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, O‘zbekiston milliy universiteti..
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik- texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amfifil` kremnezem va uning polisaxaridli kompozitlarining strukturaviy dizayni va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zol`-gel` jarayonida gidrofob metil guruhi tutgan metiltrimetoksisilan prekursoridan foydalanish va polikondensatsiyalanish jarayoni sharoitlari (reaksiya davomiyligi, muhit rNi hamda jarayon harorati) ni boshqarish orqali oldindan belgilangan gidrofil`-gidrofob tabiatli kremnezem sintez qilingan;
ayrim sellyuloza hosilalari ishtirokida metiltrimetoksisilanning zol`-gel` polimerlanishi jarayonini boshqarish orqali kremnezemning amfifil` tabiatli polisaxaridli gibrid kompozitlari olingan;
gidrofil`-gidrofob tabiatli kremnezemda quyi haroratli azot adsorbsiyasi asosida uning strukturaviy-morfologik xususiyatlari ko‘p nuqtali BET (MBET) va zichlik funksionali nazariyasi (DFT) usullari yordamida asoslangan;
kremnezemning amfifil` tabiatli polisaxaridli gibrid kompozitlariga suv va benzol bug‘lari adsorbsiyasi asosida Flori-Xaggins nazariyasi doirasida polimer va erituvchi orasidagi ta’sirlashuvlar tabiati hamda Simm-Landbergning statistik nazariyasi doirasida sorbat molekulalarining klaster qilishga moyilligi aniqlangan;
presizion adsorbsion-kalorimetrik tadqiqotlar yordamida “gidrofob” kremnezemda n-geksanning sorbsiyalanish mexanizmi, adsorbsiyalanish termokinetikasi, adsorbsion muvozanat qaror topish vaqti va to‘liq termodinamik tavsiflari aniqlangan;
amfifil` kremnezemning gidrofil`-gidrofob tabiati suv bilan ho‘llanish ko‘rsatkichlari asosida baholangan hamda kremnezemning qutbliligini boshqarishda zol`-gel` jarayonida muhit rN ini o‘zgartirishga erishish imkoniyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amfifil` kremnezem va uning CEAS va Na-KMS bilan kompozitlarini olish va xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidrofil`-gidrofob tabiatli polimer-kremnezem kompozit materiallarini zol-gel` usulida olish texnologiyasi “GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining “2025-2026 yillarda amalyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 26 iyundagi 325-01/06-son; 2024 yil 26 iyundagi 326-01/06-son ma’lumotnomalari). Natijada, gidrofil`-gidrofob tabiatli polimer-kremnezem kompozit materiallarning organik erituvchilar uchun sorbent sifatida foydalanish imkonini beradi;
yangi turdagi polimer-kremnezem kompozit materiallari “GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasida neft` va gazni qazib olish jarayonida sorbent sifatida qo‘llanilgan (“GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 26 iyundagi 325-01/06-son; 2024 yil 26 iyundagi 326-01/06-son ma’lumotnomalari). Natijada, neft` va gaz mahsulotlarini tashish jarayonlarida, shuningdek yoqilg‘i quyish stansiyalarida ularning atrof-muhitga tarqalishi natijasida suv resurslarini ifloslanishi oldini oluvchi sorbentlar sifatida foydalanish imkonini bergan.