Oppoqxonov Nurmuhammadxon Po‘latxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda davlatning iqtisodiy mexanizmlari samaradorligini oshirish», 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1858.
Ilmiy rahbar: Amonboev Muhammadsidik, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda davlatning iqtisodiy mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizmni davlat tomonidan tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tarmoqda boshqaruvning yangi shakllarini joriy etish, turistik kompleks korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investisiyalarni jalb qilish tadbirlarini amalga oshirishni xususiy, hududiy va milliy darajada guruhlash asosida takomillashtirilgan;
xorijiy davlatlardan turistik markazlardagi xalqaro aeroportlar orqali tashrif buyurgan har bir xorijiy turist uchun sayyohlik mavsumiga ko‘ra mamlakatda qolish davomiyligidan kelib chiqqan holda turoperatorlar va aviatashuvchilarga charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismini davlat byudjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish taklifi asoslangan;
turizm sohasidagi davlat va xususiy tashkiliy tuzilmalarni turistik korxonalarini rivojlantirish jarayonida mikromoliya institutlari orqali kafolatsiz kredit bilan ta’minlash asosida turistik va rekreatsion soha faoliyati samaradorligini oshirish asoslangan;
O‘zbekistonda turizmning moliyaviy holati indeksini aniqlash orqali turizm sohasi bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat samaradorligining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda davlatning iqtisodiy mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
- uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizmni davlat tomonidan tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tarmoqda boshqaruvning yangi shakllarini joriy etish, turistik korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investisiyalarni jalb qilish tadbirlarini amalga oshirishni xususiy, hududiy va milliy darajada guruhlash asosida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mehmondo‘stlik industriyasida daromadlarni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tarmoqda boshqaruvning yangi shakllarini joriy etish, turistik kompleks korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investisiyalarni jalb qilish tadbirlarini amalga oshirishni xususiy, hududiy va milliy darajada guruhlash asosida takomillashtirilgan “turizmni davlat tomonidan tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
- xorijiy davlatlardan turistik markazlardagi xalqaro aeroportlar orqali tashrif buyurgan har bir xorijiy turist uchun sayyohlik mavsumiga ko‘ra mamlakatda qolish davomiyligidan kelib chiqqan holda turoperatorlar va aviatashuvchilarga charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismini davlat byudjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238-son qaroriga 1-ilova “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 10 sentabrdagi 03-12-17-5965-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizga xorijiy davlatlardan turistlarni turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan tashish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi dastak tarkib topib, bu orqali turizm sohasini yanada rivojlantirish imkoni yaratilgan;
- turizm sohasidagi davlat va xususiy tashkiliy tuzilmalarni turistik korxonalarini rivojlantirish jarayonida mikromoliya institutlari orqali kafolatsiz kredit bilan ta’minlash asosida turistik va rekreatsion soha faoliyati samaradorligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 10 sentabrdagi 03-12-17-5965-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohasidagi davlat va xususiy tashkiliy tuzilmalarni turistik korxonalarini rivojlantirish jarayonida mikromoliya institutlari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda turizmning moliyaviy holati indeksini aniqlash orqali turizm sohasi bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 10 sentabrdagi 03-12-17-5965-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda turizmning moliyaviy holati indeksini aniqlash orqali uzoq muddatli davrda turizm sohasi bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat samaradorligini ta’minlashga asos bo‘luvchi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.