Isaqov Alisher Ne’mat o‘g‘lining
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inshoot pastki befi deformatsiyalanadigan uchastkasidagi mahalliy yuvilishni tadqiq qilish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4977
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Eshev Sobir, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Yangiev Asror Abdixamidovich; texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Jonqobilov Sobir Ulug‘murotovich.
Yetakchi tashkilot – Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pastki bef deformatsiyalanadigan uchastkasidagi mahalliy yuvilishlarning gidravlik hisob usulini takomillashtirsh.
III.. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pastki bef deformatsiyalanadigan uchastkasida oqim kinematik parametrlarining mahalliy yuvilish zonasi o‘lchamlariga ta’sirini baholash mukammal va to‘lqinli gidravlik sakrashlarning sharoitlari inobatga olinib takomillashtirilgan;
pastki bef deformatsiyalanadigan uchastkadagi oqimning kinetik energiyasini o‘zgarishi qonuniyati mukammal va to‘lqinli gidravlik sakrashlar ta’siri inobatga olingan holda asoslangan.
pastki befda mahalliy yuvilish sodir bo‘ladigan zonaning geometrik o‘lchamlarini aniqlash bog‘lanishlari mukammal va to‘lqinli gidravlik sakrashlar ta’siri inobatga olinib asoslangan;
pastki bef deformatsiyalanadigan uchastkasida sodir bo‘ladigan mahalliy yuvilishning gidravlik hisob usuli mukammal va to‘lqinli gidravlik sakrashlarning sharoitlari inobatga olinib takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inshoot pastki befi deformatsiyalanadigan uchastkasidagi mahalliy yuvilishni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pastki bef deformatsiyalanadigan uchastkasida deformatsion jarayonlarni hisoblash usuli Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Qamashi tumanida joylashgan “Qashqadaryo daryosidan “Quloqli” nasos stansiyasiga suv olib boruvchi kanalida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 9-avgust 2024-yil 05/27-2916-son ma’lumotnomasi). Natijada kanallarning suv o‘tkazish imkoniyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi asosida 6-8 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
pastki bef deformatsiyalanadigan uchastkasida deformatsion jarayonlarni hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” MChJ da (2024-yil 17-iyundagi dalolatnoma) joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 9-avgust 2024-yil 05/27-2916-son ma’lumotnomasi). Natijada kanallarning suv o‘tkazish imkoniyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi asosida 7-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
“Inshoot pastki befi deformatsiyalanadigan uchastkasidagi mahalliy yuvilishni hisobi bo‘yicha tavsiyalar” “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “UZGIP” AJ loyihalash institutida gidrotexnika inshootlarini loyihalashda foydalanish uchun qabul qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 9-avgust 2024-yil 05/27-2916-son ma’lumotnomasi). Loyihalash ishlari natijasida kanal deformatsion jarayonlarining kamayishiga va foydalanish samaradorligini 7-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish