Qayumova Go‘zal Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketganda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishda differensial yondashuv”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B022.2.PhD/Tib2350.
Ilmiy rahbar: Do‘stova Nigora Qahramonovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Muhayyo To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Shavazi Nargiz Nuralievna, tibbiyot fanlari doktori,dotsent
Yetakchi tashkilot: Astraxan davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketganda gormonal, infeksion, immunologik hamda ultratovush o‘zgarishlarga asoslangan holda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishda differensial yondashuvdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan, lekin Amniflyud testi manfiy bo‘lgan homiladorlarda qin va bachadon bo‘yni mikrobiomasini femoflor-16 tekshiruvida o‘rganilganda o‘rtacha hamda yaqqol disbioz mavjudligi aniqlanib, muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishiga hamda muddatdan oldin tug‘ruq sodir bo‘lishida muhim omil ekanligi aniqlangan;
muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarda gumoral immunitet holati baholanib, organizmdagi patogen mikrofloraga javoban IgG va IgM oshishi, aksincha IgA miqdori kamayishini o‘rganish orqali muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishida muhim laborator ko‘rsatkich ekanligi asoslangan;
muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishi xavf guruhiga kiruvchi homiladorlarda Amniflyud testidan foydalangan holda, homiladorlik va tug‘ruqni olib borishda differensial yondashgan holda, akusherlik va perinatal asoratlarni kamayishi isbotlangan;
tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarni olib borish algoritmi amalga tadbiq qilish orqali akusherlik va perinatal asoratlarni 1,5 marotaba kamaytirish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Muddatdan oldin qog‘onoq suvlari ketishi rivojlanish xavfini bashoratlash algoritmi» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/19-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan,lekin Amniflyud testi manfiy bo‘lgan homiladorlarda qin va bachadon bo‘yni mikrobiomasini femoflor-16 tekshiruvida o‘rganilganda o‘rtacha hamda yaqqol disbioz mavjudligi aniqlanib, muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishiga hamda muddatdan oldin tug‘ruq sodir bo‘lishida muhim omil ekanligi baholangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatdan oldin qog‘onoq suvlari ketgan homiladorlarda qin va bachadon bo‘yni mikrobiomasini femoflor-16 tekshiruvida o‘rganganda o‘rtacha hamda yaqqol disbioz mavjudligi aniqlanib, yaqqol disbiozni o‘z vaqtida davolash muddatdan oldin tug‘ruq sodir bo‘lish xavfini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida o‘z muddatida tug‘ish imkoniyati natijalarini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan homiladorlar qin va bachadon bo‘yni mikrobiomasini femoflor-16 tekshiruvi asosida o‘rtacha va yaqqol disbiozni davolash natijasida, muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishini profilaktikasi amalga oshirilib, har bir homilador uchun byudjet hisobidan 510000 so‘m, byudjetdan tashqari 300000 so‘m miqdorda iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarda qin va bachadon bo‘yni mikrobiomasini femoflor-16 tekshiruvida o‘rtacha hamda yaqqol disbioz mavjudligi aniqlanib, o‘z vaqtida disbioz proflaktikasi muddatdan oldin tug‘ruq sodir bo‘lishini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarda gumoral immunitet holati baholanib, organizmdagi patogen mikrofloraga javoban IgM va IgG oshishi, aksincha IgA miqdori kamayishini o‘rganish orqali muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishida muhim laborator ko‘rsatkich ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarda gumoral immunitet holati baholanib, organizmdagi patogen mikrofloraga javoban IgG, IgM, IgA miqdori qon zardobidan tekshirildi. Bu usul orqali homilador ayollarning gumoral immunitet holati baholandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollarda gumoral immunitet holati baholanib, patogen mikrofloraga nisbatan IgM, IgG miqdorining oshishi aksincha IgA miqdorining kamayishi hisobidan qog‘onoq pardaning zararlanish ehtimolligi oshib, qog‘onoq suvining muddatdan oldin ketishini bashoratlash hisobiga har bir bemor byudjet hisobidan 510000 so‘m miqdorda iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarda gumoral immunitet holati baholanib, organizmdagi patogen mikrofloraga javoban IgG va IgG ko‘tarilishi, aksincha IgA miqdori esa kamayishi hisobidan qog‘onoq pardaning zararlanishi oshib, qog‘onoq suvining muddatdan oldin ketishini bashoratlash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishi xavf guruhiga kiruvchi homiladorlarda Amniflyud testidan foydalangan holda, homiladorlik va tug‘ruqni olib borishda differensial yondashgan holda, akusherlik va perinatal asoratlarni kamayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatdan oldin qog‘onoq suvlari ketgan homiladorlarda qog‘onoq suvlariga sezgir Amniflyud testidan foydalangan holda, muddatdan oldin tug‘ruq sodir bo‘lish ehtimoligini bashoratlash muammosi o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi xarajatlar bir nafar bemor hisobiga byudjet hisobidan 510000 so‘m, byudjetdan tashqari 300000 so‘m miqdordagi iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Amniflyud testi ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib muddatdan oldin qog‘onoq suvi ketishini erta xavfini bashoratlash shkalasi va profilaktik algoritmini qo‘llash kasallikni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan muddatdan oldin qog‘onoq suvlari ketgan homiladorlarni olib borish algoritmi amalga tadbiq qilish orqali akusherlik va perinatal asoratlarni 1,5 marotaba kamaytirish samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan muddatdan oldin qog‘onoq suvlari ketgan homiladorlarni olib borish algoritmi amalga tadbiq qilish orqali akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bemorlarning statsionar murojaati 1,5 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan byudjet hisobidan byudjet hisobidan 510000 so‘m, byudjetdan tashqari 300000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilish imkonini bergan.