Nabiev Ulug‘bek Mirodiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish omillari”, 08.00.02–“Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2397
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Bo‘stonov Mansurjon Mardonakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Qodirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy o‘sishni tadqiq qilish asosida barqaror o‘sish davomiyligini ta’minlash va omillar ustovorligini aniqlashga qaratilgan ilmiy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida yalpi talab va taklif omillarining o‘zaro muvofiqligini baholash hisobiga aniqlangan taklif taqchilligini bartaraf etishda kapital intensivlikka ko‘ra samaradorlikni oshirish asoslangan;
eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’iy nazar qo‘llanilishi orqali oziq-ovqat va engil sanoat tashqi savdo salohiyatini kengaytirish hisobiga tarmoqlar iqtisodiy o‘sish darajasini oshirish taklifi asoslangan;
iqtisodiyot tarmoqlari aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun tarmoqlar subektlari kredit olishida tijorat banklariga eksport shartnomalarini garov ta’minoti sifatida qabul qilishga ko‘ra kapital bilan ta’minlanganlikni kengaytirish hisobiga yalpi omillar unumdorligini oshirish orqali barqaror o‘sishni ta’minlash taklifi asoslangan;
mehnat, kapital, samaradorlik omillari hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishining 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish omillari mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida yalpi talab va taklif omillarining o‘zaro muvofiqligini baholash hisobiga aniqlangan taklif taqchilligini bartaraf etishda kapital intensivlikka ko‘ra samaradorlikni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi VMQ-526-son “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 8-fevraldagi 9/03-30-2341-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida yuqori kapital intensivligini ta’minlash orqali YaIM hajmini samarali oshirish imkoniyati yaratilgan;
eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’iy nazar qo‘llanilishi orqali oziq-ovqat va engil sanoat tashqi savdo salohiyatini kengaytirish hisobiga tarmoqlar iqtisodiy o‘sish darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentyabrdagi PF-228-son “Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 1-bandi 2-xat boshida foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 8-fevraldagi 9/03-30-2341-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish oziq-ovqat, to‘qimachilik kabi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini bergan;
iqtisodiyot tarmoqlari aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun kredit olishida tijorat banklariga eksport shartnomalarini garov ta’minoti sifatida qabul qilishga ko‘ra kapital bilan ta’minlanganlikni kengaytirish hisobiga yalpi omillar unumdorligini oshirish orqali barqaror o‘sishni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentyabrdagi PF-228-son “Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 3-band b)-kichik bandi 2-xat boshida foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 8-fevraldagi 9/03-30-2341-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
mehnat,  kapital, samaradorlik omillari hisobiga yalpi ichki mahsulot hajmining 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Prezident Farmoni 1-ilovasida foydalanilgan. Ushbu prognoz parametrlarini amaliyotga joriy etish natijasida YaIM hajmini samarali oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish