Xurramov Rustam Sayfiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida o’quvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2024.3.PhD/Ped3209.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro’ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili darslarida o‘quvshilarining evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog, psixolog, buyuk allomalarning didaktik qarashlari asosida xulosalar chiqarish, dalillar keltirish, asoslash orqali o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanishning nazariy-metodologik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
ona tili darslarida etnopedagogikadan foydalanishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish asosida o‘quvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirish, taxmin qilish, asoslov va sabablar ustida fikr yuritish, hozirjavoblik, ishchanlik, faollik qonuniyatlari mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanishning integrativ modeli ta’lim motivatsiyasi va o‘qitishni nazorat qilish diagnostikasining imkoniyatlari hamda didaktik shart-sharoitlari aniq va ravshan, tanqidiy, tizimli mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar va og‘zaki mashqlardan foydalanishga asoslangan holda takomillashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanish metodikasining samaradorlik darajasi aniqlanib, konstruksiyalash va modellashtirish tajribalariga ustuvorlik berish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Ona tili darslarida o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yisha ilmiy natijalar asosida:
pedagog, psixolog, buyuk allomalarning didaktik qarashlari asosida xulosalar chiqarish, dalillar keltirish, asoslash orqali o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanishning nazariy-metodologik imkoniyatlarini aniqlashtirishga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasining “Ona tili darslarida o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanishning metodik imkoniyatlari” qismini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 4-sentabrdagi 351/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanishning metodik imkoniyatlari kengaygan;
ona tili darslarida etnopedagogikadan foydalanishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish asosida o‘quvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirish taxmin qilish, asoslov va sabablar ustida fikr yuritish, hozirjavoblik, ishchanlik, faollik qonuniyatlari mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Boshlang‘ish ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 11-oktabrdagi 366-PO‘-son buyrug‘i, 366-PO‘023-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari orqali o‘quvshilarning tayansh kompetensiyalari takomillashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanishning integrativ modeli ta’lim motivatsiyasi va o‘qitishni nazorat qilish diagnostikasining imkoniyatlarini hamda didaktik shart-sharoitlarini aniq va ravshan, tanqidiy, tizimli mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar va og‘zaki mashqlardan foydalanishga oid nazariyalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bilimdon-intellektual o‘yini”, “Top-top intellektual o‘yin”, “Obod mahalla”, “Yoshlar vaqti”, “Ko‘z o‘ngimizda”, “Taraqqiyot va farovonlik sari”, “Inson qadri” ko‘rsatuv va radioeshittirishlarda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 2-oktabrdagi 01-02/929-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada o‘quvchilarning televidenie orqali ona tili darslarida etnopedagogikadan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan;
ona tili darslarida o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanish metodikasining samaradorlik darajasi aniqlanib, konstruksiyalash va modellashtirish tajribalariga ustuvorlik berish asosida amaliyotga tatbiq etishga doir amaliy tavsiyalardan “Boshlang‘ish sinf o‘quvshilarining evristik qobiliyatini rivojlantirish” nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yil 1-noyabr 03-33-3178-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvshilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanishga doir metodik tavsiyalardan foydalanish o‘qitishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.