Otamurodov Nuriddin Najmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishni soddalashtirish masalalari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3515
Ilmiy rahbar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori.professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ergashev Jamshid Azamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishni soddalashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z faoliyatida uch oydan ortiq muddat davomida o‘ttiz nafardan ortiq kasanachini ish bilan band etuvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bazasini 50 foizi miqdorida kamaytirish orqali rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
chekka hududlardagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilash hamda yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirish, yangi barpo etilayotgan bog‘ va tokzorlar egallagan erlarga yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozli davrni besh yil etib belgilash taklifi asoslangan;
chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash hamda ayrim hollarda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlaridan ozod etish bo‘yicha taklifi asoslangan;
soliq to‘lovchilarga yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obektlarining 1 kvadrat metrining qiymatidan baland bo‘lgan hollarda, ob’ektlarning qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholash vakolati berish hamda prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarish bo‘yicha daromadlar taqsimoti bo‘yicha taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik va o‘rta biznes tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishni soddalashtirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘z faoliyatida uch oydan ortiq muddat davomida o‘ttiz nafardan ortiq kasanachini ish bilan band etuvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bazasini 50 foizi miqdorida kamaytirish orqali rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PQ-70-son qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-sentabrdagi 19/3-90844-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kasanachilarga qulay soliq rejimini joriy etish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’ektlari uchun kasanachilarni keng jalb qilishni rag‘batlantirish orqali aholining bandligini ta’minlash va daromadlarini ko‘paytirishga olib kelgan;
chekka hududlardagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilash hamda yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirish, yangi barpo etilayotgan bog‘ va tokzorlar egallagan erlarga yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozli davrni besh yil etib belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PF-25-sonli Farmonida tasdiqlanib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-sentabrdagi 19/3-90844-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish orqali hududga investisiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratilib, tadbirkorlarning ixtiyorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 621,4 mln.so‘m, mol-mulk solig‘i 78,5 mln.so‘m, er solig‘i 736,8 mln.so‘m hamda ijtimoiy soliq summasidan berilgan imtiyoz hisobiga 864,9 mln.so‘mdan ziyod mablag‘ qolgan;
chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash hamda ayrim hollarda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlaridan ozod etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-sentabrdagi 19/3-90844-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etilishiga olib kelib, 28 ta tumanga berilgan soliq imtiyoz natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar o‘tgan olti oyda qariyb 93,7 mlrd.so‘mlik imtiyozlardan foydalanishi hisobidan daromadi o‘tgan yilga nisbatan 1,5-2 barobar oshgan;
soliq to‘lovchilarga yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obektlarining 1 kvadrat metrining qiymatidan baland bo‘lgan hollarda, ob’ektlarning qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholash vakolati berish hamda prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarish bo‘yicha daromadlar taqsimoti bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-sentabrdagi 19/3-90844-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq bazasini kengaytirishga, shuningdek, kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga soliq hisob kitob mexanizmini soddalashtirishga hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga imkoni yaratilgan.