Raximov Xurmat Nurmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tuproqlarni GAT texnologiyalari asosida agrokimyoviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va o‘g‘itlardan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish ilmiy asoslari (Xorazm viloyati Shovot tumani misolida)”, 06.01.04-Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1236
Ilmiy rahbar: Djalilova Gulnora Tulkunovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Sanakulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Ismayilov Jumanazar Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodimi.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati Shovot tumanida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning agrokimyoviy ko‘rsatkichlarini zamonaviy texnologiyalari asosida tahlil qilish hamda o‘g‘itlardan samarali foydalanishda “Agrokimyoviy taqsimotchi” mobil ilova platformasini yaratiishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot ob’ekti sug‘oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy ko‘rsatkichlarini ArcGIS dasturining imkoniyatlaridan foydalanilgan holda makon-zamonda o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash imkoniyatlari ochib berilgan;
fermer xo’jaligi ekin maydonlarida joylashtirilgan ekin turlari va rejalashtirilgan hosildorlik bo‘yicha mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorlari va har bir o‘g‘it qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan “Agrokimyoviy me’yor” ma’lumotlar bazasini yaratishda Microsoft Access dasturining “.accdb” fayl tipining imkoniyatlari asoslangan;
o‘g‘itlardan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish maqsadida “Agrokimyoviy taqsimotchi” mobil ilova platformasini yaratishda Flutter dasturi Dart tilining imkoniyatlari asoslangan;
o‘g‘itlardan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish jarayonida: tuproqlarda gumus va ozuqa moddalarini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash > ArcGIS dasturida agrokimyoviy xaritanomalar yaratish > Microsoft Access dasturi .accdb fayl tipida ma’lumotlar bazasi yaratish > Flutter dasturi Dart tilida mobil ilova platformasi (o‘g‘itlarni tabaqalashtirilgan holda qo‘llash maqsadida) yaratish ketma-ketligi mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati Shovot tumani sharoitida qishloq xo‘jaligi erlari tuproqlarining tuproq unumdorligini o‘rganish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘g‘itlash bo‘yicha tavsiyalar berish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida:
GAT ning ArcGIS Desktop, 3D Analyst (Surfase/Create TIN from Features), Surfase/Interpolate Grid va Erdas dasturiy ta’minotlar imkoniyatlaridan foydalangan holda Xorazm viloyati Shovot tumani Guliston hududidagi 1827,7 gektar maydondagi tuproqlarning tarqalishi, ularning gumus, ozuqa elementlar bilan taminlanishi aks ettiruvchi 1:10000 masshtabdagi xaritanomalari yaratilgan va Shovot tumani qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 iyul 05/34-05/3536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, joriy etilgan xaritanomalar asosida sug‘oriladigan allyuvial tuproq tarqalgan erlarini chegaralarini bilish, o‘g‘itlar samaradorligini ta’minlash maqsadida tuproqlarda agrokimyoviy monitoring o‘tkazish, hudud tuproqlarining unumdorligini, meliorativ holatini, barcha agrokimyoviy xossalari va rejalashtirilgan hosilni inobatga olgan holda o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarini ishlab chiqiishda foydalanishga xizmat qilgan.
Microsoft Access dasturida yaratilgan Shovot tumani Guliston hududi o‘tloqi allyuvial tuproq sharoitida joylashgan fermer xo‘jalik va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari ekin maydonlarida joylashtirilgan ekin turlari va rejadagi hosildorlik bo‘yicha mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorlari hamda har bir o‘g‘it qo‘llanishi bo‘yicha ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar keltirilgan “Agrokimyoviy me’yor” ma’lumotlar bazasi Xorazm viloyati Shovot tumani qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 iyul 05/34-05/3536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, joriy etilgan ma’lumotlar bazasi qishloq xo‘jaligi ekinlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda raqamlashtirilgan texnologiyalar asosida o‘tkazish, ularni agrokimiyoviy me’yorlar asosida kiritish mo‘l va sifatli hosil etishtirish, agrokimyoviy monitoring o‘tkazish imkoniyatini berishga xizmat qilgan.
Flutter dasturi Dart tilidan foydalanilgan holda yaratilgan “Agrokimyoviy taqsimotchi” mobil ilovasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Respublika agrokimyoviy tahlil markazi Xorazm viloyati filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Respublika agrokimyoviy tahlil markazining 2023 yil 21 sentyabr 102- sonli ma’lumotnomasi). Natijada joriy etilgan mobil ilova tuproqlarning unumdorlik va agrokimyoviy ko‘rsatkichlarini bilgan holda, ma’lum bir ekin maydoniga tabaqalashtirish yondashuvga asoslangan holda o‘g‘it qo‘llash imkonini yaratishda xizmat qilgan.