Kazakbaev Tuwelbay Kerimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korporativ shartnomani fuqarolik-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu737.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Baratov Mirodil Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xolboev Sobir Baratovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ shartnomani fuqarolik-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni kumulyativ ovoz berishda jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi kerak bo‘lgan mustaqil a’zolar va boshqa a’zolar soniga alohida ko‘paytirilishi asosida hisoblanishi asoslantirilgan;
direktorning yoki boshqaruv a’zolarining yoxud ishonchli boshqaruvchining aybi bilan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida etkazilgan zararni qoplashda ularning mol-mulki etarli bo‘lmasa jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik qo‘llanilishi asoslangan;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi va buning uchun nomzodlar, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ko‘rib chiqishi uchun tanlov asosida ko‘rsatilishi zarurligi asoslangan;
investisiyalar moliyaviy investisiyalar jumlasiga aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qogʻozlarning boshqa turlariga kirishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi kerak bo‘lgan mustaqil a’zolar va boshqa a’zolar soniga alohida ko‘paytiriladi hamda aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga to‘liq berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar o‘rtasida taqsimlashga haqli ekanligiga oid qoida O‘zbekiston Respublikasining “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonunining 1-moddasi bilan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 223-I-sonli Qonunining 76-moddasi to‘qqizinchi qismi kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023-yil 7-sentyabrdagi 04/1-13-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashiga kumulyativ ovoz berish tartibini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
agar jamiyatning ijroiya organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar etkazilgan bo‘lsa va bunda jamiyat direktorining yoki boshqaruv a’zolarining yoxud ishonchli boshqaruvchining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘lishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonunining 1-moddasi bilan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 223-I-sonli Qonunining 81-moddasi ettinchi qismi kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023-yil 7-sentyabrdagi 04/1-13-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklif aksiyadorlik jamiyat direktorining yirik bitim yuzasidan javobgarligini aniq belgilash orqalari kreditorlar manfaatini ta’minlashga huquqiy asos yaratgan;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak. Bunda mustaqil a’zolikka nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun tanlov asosida ko‘rsatilishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonunining 1-moddasi bilan «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi 310-II-sonli Qonunining 381-moddasi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023-yil 7-sentyabrdagi 04/1-13-25 sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif minoritar aksiyadorlar qo‘mitasini shakllantirish tartibini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligasiyalariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investisiyalar moliyaviy investisiyalar jumlasiga kirishi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021-yil 10-iyuldagi «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi №150/XX Qonunining 5-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 29-fevraldagi 03-03/149-son dalolatnomasi). Ushbu taklif investisiya faoliyatining ishtirokchisi investorlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning ko‘lamini kengaytirishga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish