Achilov Elyor Temirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning rarametrlari va ish rejimlarini asoslash ” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
        Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3982.
Ilmiy rahbar: Rardayev Obid Raximboboevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Xudayorov Anvar Nazirjonivich, texnika fanlari doktori, professor va Mamadaliev Atxamjon To‘xtamirzaevich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mosh donini dukkaklaridan shikast yetkazmasdan, to‘liq ajratib dastlabki tozalash uchun sodda qurilmani ishlab chiqish hamda uning konstruktiv rarametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: mosh donini dukkaklaridan to‘liq hamda shikast yetkazmasdan, ajratib dastlabki tozalash uchun konstruksiyasi sodda qurilma ishlab chiqilgan;
qurilmaning konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari mosh dukkaklari hamda donning fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda asoslangan;
texnologik jarayonni ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar va tuzilgan matematik modellar qurilmaning ish jarayonida savag‘ichlarni mosh dukkaklari bilan o‘zaro ta’sirlashishiga bog‘liq ravishda keltirib chiqarilgan;
qurilmaning maqbul konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari donlarni dukkaklaridan ajratib olish to‘liqligi, shikastlanish darajasi, don tozaligi va nobudgarchiligiga ta’sirining o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalaydigan regressiya tenglamalarini yechish bilan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning rarametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalash texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va qurilmaning konstruksiyasini loyihalashga texnik torshiriq ishlab chiqilgan. Natijada mosh donini dukkaklaridan to‘liq hamda shikast yetkazmasdan ajratib dastlabki tozalash uchun tuzilishi jihatdan sodda qurilma ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning tajriba nusxalari Jizzax viloyati Arnosoy tumanidagi “Elnurbek dalalari 1” va “Oqbuloq umidlari” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan. Natijada mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalash jarayonida sarflanadigan qo‘l mehnatiga nisbatan ish unumining  oshishiga erishilgan hamda donlarni dukkaklaridan ajratib olish to‘liqligi 98,1 foiz, shikastlanish darajasi 1,9 foiz va don tozaligi o‘rtacha 98,5 foizni tashkil qilgan;
mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish hamda tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar,chizmalar va texnik torshiriq ) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024- yil 1-iyuldagi №05/04-04-295-sonli ma’lumotnomasi) olingan. Natijada asoslangan rarametrlarga ega mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilma ishlab chiqarish imkoni tug‘ilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish