Tilovov Otajon O‘Ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elastik va termoelastik chegaraviy masalalarni kuchlanishlarga nisbatan sonli echish», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM962.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xaldjigitov Abduvali Abdisamadovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor .
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xusanov Baxtiyor Ergashbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Safarov Ismoil Ibrohimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elastiklik va termo-elastiklik nazariyasining chegaraviy masalalarini kuchlanishlarga nisbatan shakllantirish va sonli echishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elastiklik va termoelastiklik nazariyasi chegaraviy masalalari uchun kuchlanishlarga nisbatan yangi matematik model taklif etildi. Ushbu model ko‘chishlarga nisbtan qo‘yilgan matematik modeldan ko‘ra yuqori aniqlikni berdi;
elastiklik va termoelastiklik nazariyasining tekis va fazoviy masalalari uchun kuchlanishlarga nisbatan sonli modellari yaratilgan, algoritmi ishlab chiqilgan va iteratsiya usuli bilan sonli echilgan;
to‘g‘ri to‘rtburchakli plastina va parallelepipedlar uchun kuchlanishlarga nisbatan qo‘yilgan elastik va termoelastik masalalar turli xil termomexanik yuklanishlarda chegaraviy shartlarda sonli echildi va ma’lum echimlar bilan solishtirilgan;
kuchlanishlarga nisbatan qo‘yilgan elastiklik va termoelastik chegaraviy masalalarning sonli echimlarining aniqligi ko‘chishlarga nisbatan qo‘yilgan masalalarga nisbatan yuqori ekanligi ko‘rsatilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elastiklik va termo-elastiklik nazariyasining kuchlanishlarga nisbatan tekis va fazoviy masalalarini sonli echish usullari yordamida qurilish tashkilotlarida binolarni loyihalashda, mustahkamlik va ishonchlilik zaxiralarini aniqlashda foydalanilgan. (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2024 yil 26-iyundagi 14-06/6476-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash, mehnat unumdorligini 10-12 foizga oshirishga, tannarxni 10-15 foizga kamaytirishga imkon bergan.