Urazimbetova Elzura Pulatovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘istonda atmosfera ifloslanishining ko‘p yillik dinamikasini statistik tahlil qilish», 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr261.
Ilmiy rahbar: Tleumuratova Bibigul Saribaevna, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.02/30.04.2021.T.79.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Qarjawbay Dauletbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Orolqum, Ustyurt, Qizilqum va Qoraqum cho‘llari majmuasidan changning shamol ta’sirida ko‘tarilishi natijasida Qoraqalpog‘istonda atmosfera ifloslanishining ko‘p yillik dinamikasini (1961-2020yy) statistik modellashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Orolqum, Ustyurt, Qizilqum va Qoraqum cho‘llari majmuasining atmosfera changiga uzoq muddatli ta’sirini ma’lum vaqt (oy) oralig‘ida chang konsentratsiyasi maydonlarini hisoblash statistik modellashtirish usulidan foydalangan holda aniqlangan va uzoq muddatli ta’sir - MDV modeli yaratilgan;
Janubiy Orolbo‘yida atmosfera changining ko‘p yillik dinamikasining statistik modeli ishlab chiqilgan va MDZA modeli yaratilgan;
Orolqum, Ustyurt, Qizilqum va Qoraqum cho‘llaridan changing ko‘tarilishi hajmining singulyar dinamikasining miqdoriy baholari aniqlangan;
turli omillarning atmosferadagi chang tarkibiga ta’siri ularning ko‘p yillik dinamikasiga bog‘liqligining miqdoriy baholari aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpog‘istonda atmosfera ifloslanishing ko‘p yillik dinamikasini statistik tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Quyi Amudaryo vohasi atmosferasidagi chang tarkibini aholi salomatligiga va iqlimning isishiga ta’sirini hisobga olgan holda baholash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 29-noyabrdagi 01/18-2-1630-son ma’lumotnomasi) va milliy va hududiy strategik rejalashtirish hujjatlari: Atrof-muhit faoliyati samaradorligini baholash (EPR-2020), Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar dasturi (EAP-2022), Barqaror rivojlanish milliy strategiyasi konsepsiyasi (NSSD-2023) ga tuzatishlar kiritishda tavsiya etilgan;
Atmosferadagi changning ko‘payishining o‘simliklarning umumiy proektiv qoplamining (UPQ) kamayishiga bog‘liqligi, cho‘l yuzalarini changlanishiga qarshi chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish va ustuvor fitomelioratsiya (Orol dengizining qurigan tubi, Ustyurtning shimoli-sharqiy chekkasi, Qizilqumning shimoli-g‘arbiy chekkasi) qilinadigan alohida xavfli zonalarni rayonlashtirish imkonini beruvchi ma’lumotlar O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2024-yil 19-avgustdagi 1-666-son ma’lumotnomasi), milliy va mintaqaviy strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritishda tavsiya etilgan.